O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MUHOKAMA QILINDI

 
 

Shu yil 10 iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari Saudiya Arabistoniga safari davomida Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon Rabia bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda Haj va umra vaziri ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ravnaq topayotgani, haj va umra ziyoratchilari soni keskin oshayotgani, Prezident Shavkat Mirziyoev va Ikki Muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqqanini alohida qayd etildi.

Tavfiq bin Favzon Rabia so‘nggi yillarda O‘zbekiston tomonidan haj va umra ziyoratlarini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

????????????????O‘zbekiston tomoni Saudiya hukumatining haj mavsumini yuqori darajada tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlarini ijobiy baholagan holda yurtimizda amalga oshirilayotgan diniy-ma'rifiy islohotlar, Samarqandda bunyod etilayotgan Imom Buxoriy innovatsion muzeyi, Toshkent shahrida qad rostlayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida atroflicha ma'lumot berdi. Tavfiq bin Favzon Rabia bunday ulkan bunyodkorlik ishlariga har jihatdan amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

 Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi va Malayziya din ishlari vaziri, senator, doktor Hoji Muhammad Naim bin Hoji Muxtor bilan ham o‘zaro aloqalarni ravnaq toptirish yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

 Uchrashuvlar do‘stona ruhda va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi"
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/06/2024 08:53;   Ko‘rilganligi: 265
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/ikki-tomonlama-hamkorlikni-rivojlantirish-muhokama-qilindi
Chop etilgan vaqti: 27/03/2025 06:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing