Diniy-ma'rifiy soha samaradorligini oshirishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan Camarqandliklarning bir guruhi “diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Viloyatimizda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, aholi o‘rtasida dinlararo va konfessiyalararo hamjihatlik, totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, diniy-ma'rifiy sohadagi islohotlarni targ‘ib etish yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchuun “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tatqiqot markazining majlislar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida viloyat hokimi o‘rinbosari B.Qodirov taqdirlanganlarga ko‘krak nishonlarini tantanali tarzda topshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining buyrug‘iga asosan “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:
Zayniddin domla Eshonqulov – O‘MI Samarqand viloyati bosh imom-xatibi;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita viloyat xududiy boshqarmasi mataxassisi S.Boymurodov;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tatqiqot markazi diniy ma'rifiy tadbirlar bo‘limi boshlig‘i T.Evadullayev;
Hadis ilmi maktabi "Hadis ilimlari" kafedrasi katta o‘qituvchisi O.Xoshimov;
Bulung‘ur tumani "G‘ishtli ota" jome masjidi imom-xatibi X.Kuliyev;
“Diniy bag‘rikenglik” nishoni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan diniy-ma'rifiy sohaning samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida joriy yildan e'tiboran ta'sis etildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 30/11/2023 16:27; Ko‘rilganligi: 599
Chop etilgan vaqti: 26/04/2025 00:01