Bosniyadagi tarixiy masjid uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana ochildi
Bosniya va Gersegovinadagi tarixiy Senan Bey masjidi Turkiya tomonidan ta'mirlanib, foydalanishga topshirildi.
1992–1995 yillardagi Bosniya va Gersegovina urushi chog‘ida serb qo‘shinlari tomonidan vayron qilingan tarixiy Senan Bey masjidi Turkiya tomonidan asl rejaga ko‘ra ta'mirlanib, ochildi, deb yozadi IQNA sayti “Anadolu”ga tayanib.
Samarqandlik Hojilarning ilk guruhlari yurtimizga yetib keldi
Bugun kunning birinchi yarmida Samarqand xalqaro aeroportida muborak Haj ziyoratini ado etib yurtimizga qaytgan bir guruh yurtdoshlarimiz alohida ehtirom bilan kutib olindi.
2024 YILDA 1,8 MILLIONDAN ZIYOD ZIYORATCHI HAJ AMALINI ADO ETDI
Saudiya Arabistoni Podshohligi statistika Bosh boshqarmasi haj amallarini bajarish uchun kelgan ziyoratchilar sonini e'lon qildi. Unga ko‘ra:
Bu yil 1 million 833 ming 164 nafar kishi haj amalini ado etgan. Shundan mahalliy ziyoratchilar soni 221 ming 854 nafar.
Hojilarning 958 137 nafari erkak, 875 027 nafari esa ayollardir.
Ziyoratchilarning 22,3 foizi arab, 63,3 foizi esa Osiyo, 11,3 foizi Afrika davlatlaridan, 3,1 foizi esa Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa mamlakatlardan kelgan ziyoratchilar tashkil etgan.
Ziyoratchilarning asosiy qismi havo yo‘llari orqali kelgan.
Prezident Shavkat Mirziyoevga diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Diniy-ma'rifiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoevga diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Batafsil (https://telegra.ph/Dinij-marifij-j%D1%9Enalishdagi-masalalar-k%D1%9Erib-chi%D2%9Bildi-06-19)
Shukronalik – ne'matni ziyoda qiladi
Alloh taologa hamdu sanolarimiz bo‘lsinki, islomning besh ruknidan biri bo‘lgan haj ibodatini ado etdik. Bu yilgi haj mavsumi va unga tayyorgarlik yuqori darajada amalga oshirildi.
Diniy-ma'rifiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoevga diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.
⚡️ Batafsil (https://telegra.ph/Dinij-marifij-j%D1%9Enalishdagi-masalalar-k%D1%9Erib-chi%D2%9Bildi-06-19)
HOJILARIMIZ 22 IYUNDAN YURTIMIZGA QAYTADI
“Haj – 2024” mavsumi ibodatu ziyoratlarini ko‘tarinki kayfiyatda nihoyasiga yetkazayotgan ziyoratchilarimiz joriy yilning 22 iyun – 12 iyul kunlari yurtimizga qaytib keladi.
Yurtdoshlarimiz Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlariga “Uzbekistan Airways”ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviqatnovlari orqali parvoz qilib, qaytib keladilar.
Viloyatimizdagi 285 ta jome masjidida Qurbon hayiti namozi ado etildi
Hayit namozida Qurbon hayiti bayramining tarixi, ma'naviy qadriyatlarimiz yuksalishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, bugungi farovon hayotimiz mazmun-mohiyati xususida so‘z yuritildi.
Hayit namozida yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duo qilindi.
Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov Samarqand shahridagi "Namazgoh" jome masjidida muborak Qurbon Hayiti munosabati bilan barcha mo‘min musulmonlarni muborakbod etdi.
Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov Samarqand shahridagi "Namazgoh" jome masjidida muborak Qurbon Hayiti munosabati bilan barcha mo‘min musulmonlarni muborakbod etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoev muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.
Shu bilan davlatimiz rahbari Samarqandga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. — Prezident Shavkat Mirziyoev v preddverii svyashennogo prazdnika Kurban xayit posetil (https://president.uz/ru/lists/view/7324) mavzoley Imama Buxari. Na etom glava gosudarstva zavershil poyezdku v Samarkand i otbil v Tashkent.
Saudiya xayriya markazi "Vaqf" fondiga 25 tonna xurmo hadya qildi
Saudiya Arabistonining “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi yurtimizga beg‘araz ko‘mak sifatida 25 tonna xurmo mevasini hadya qildi.
Urgut tumanidagi “Mulla Shodi bobo” jomesiga tashrif
Bugun, viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Urgut tumanidagi “Mulla Shodi bobo” jomesiga tashrif buyurib, peshin namozini jamoat bilan birga ado etdilar.
QURBON HAYITI 16 IYUN KUNI NISHONLANADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/4307)
IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MUHOKAMA QILINDI
Shu yil 10 iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasi a'zolari Saudiya Arabistoniga safari davomida Haj va umra vaziri Tavfiq bin Favzon Rabia bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda Haj va umra vaziri ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ravnaq topayotgani, haj va umra ziyoratchilari soni keskin oshayotgani, Prezident Shavkat Mirziyoev va Ikki Muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqqanini alohida qayd etildi.
O‘ZBEKISTON DELEGASIYASI SAUDIYADAGI HAJ ANJUMANIDA ISHTIROK ETDI
Bugun, 10 iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia taklifiga binoan Makka shahrida bo‘lib o‘tayotgan 48-haj anjumanida ishtirok etdi. Bu yilgi mazkur tadbir mavzusi “Haj amalini ado etishda qonuniy ruxsatnomalarga va amaldagi qoidalarga rioya qilish”ga bag‘ishlandi.




















