Axborot xizmati

Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2022” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

Xabar berganimizdek, Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2022” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlangan edi. Bugun, tanlov 4 ta hududa bo‘lib o‘tdi.

Shuning bilan Samarqand viloyatida tashkil etilgan “Yil imomi 2022” ko‘rik tanlovining 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi

 

Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2022” ko‘rik tanlovi 1-bosqichi yakunlandi

Xabar berganimizdek, Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2022” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlangan edi. Bugun, tanlov 4 ta hududa bo‘lib o‘tadi hamda tashkil etilgan “Yil imomi-2022” ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

 

Samarqand viloyati imom xatiblarining “Yil imomi 2022” ko‘rik tanlovi 1-bosqichi boshlandi

Bugun, 6 iyun kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Samarqand viloyati masjidlarida faoliyat yuritayotgan imom xatib va imom noiblar o‘rtasida “Yil imomi – 2022” ko‘rik tanlovining shahar va tuman bosqichi boshlandi. Tanlov 8 ta hududga bo‘lingan holda ikki kun davomida bo‘lib o‘tadi.

 

Samarqand viloyatidan 13 nafar guruh rahbarlari Haj safariga yo‘l olmoqda.

Albatta, guruh rahbarligi mas'uliyatli vazifa hisoblanadi. Shu bois ular bilan Samarqand viloyat vakilligida viloyat bosh imom-xatibi, o‘rinbosarlari hamda shu soha mas'ullari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish odat tusiga kirgan. Ana shunday mashg‘ulotlarning navbatdagisi bugun, 3 iyun kuni vakillik binosida bo‘lib o‘tdi. Uni viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov olib bordi. Ziyoratchilarga rahbarlik qiluvchi guruh rahbarlariga ularning vazifalari va boshqa zaruriy tavsiyalar berildi. Jumladan, ularning burch va mas'uliyatlari, Haj ibodati ruknlari, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkiliy ishlarning ularga taalluqli jihatlari atroflicha yoritildi.

 

Kattaqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi boshchiligida tumanddagi olis hududga tashrif qilindi

Kattaqo‘rg‘on tumani bosh imom-xatibi Sirojiddin domla boshchiligida tumandagi barcha imom-xatiblar birgalikda tumanning chekka hududida joylashgan “Yonbosh” va “Hoji Abdusamat” masjidlariga tashrif buyurdilar hamda masjidlarda olib brilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.

 

MA'RIFIY UCHRASHUV

Ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha viloyat ishchi guruhi tomonidan joriy yilning 1 iyun kuni Samrqand viloyat hokimi o‘rinbosari B.Qodirov, DIQ viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Baymurodov, Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov, DIQ Toyloq tumani bo‘yicha bosh mutaxassis N.Mamarayimov va Tayloq tumani bosh imom-xatibi B.Ismoilov birgalikda Tayloq tumanida bo‘lib tumandagi barcha imom-xatiblar bilan ma'rifiy suhbat o‘tkazdilar. Suhbat davomida vatanimizda bo‘layotgan ezgu islohotlar, xususan, diniy-ma'rifiy sohada qilinayotgan xayrli ishlar, yangilik va xushxabarlar haqida ma'lumot berildi.

 

1- iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni MUBORAK BO‘LSIN!

QADRLI VA MUHTARAM AZIZ BOLAJONLAR!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! O‘zbekistonimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib ulg‘ayishini tilayman.

 

Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 31 may kuni sayyor yig‘ilish Kattaqo‘rg‘on shahrida tashkil qilindi. Shahardagi mavjud 5 ta masjid imom-xatiblari va noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari shahardagi 16 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5 ta masjidda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik qadri”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” mavzularida ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Ishtixon tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Bugun, 2022 yil 24 may kuni sayyor uchrashuv va suhbatlar Ishtixon tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 11 ta masjid imom-xatiblariva noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari hamda 4 nafar iqtidorli imom-xatiblar tumandagi 20 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Ishtixon tumanidagi 11 ta masjidda peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik qadri”, “Yoshlar kelajagimiz”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” mavzularida ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

 

Forum ishitirokchilari bilan viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov o‘rtasida do‘stona suhbat bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida Makka shahri Islom olami uyushmasi mas'ul xodimi Abdulaziz Sarxan "O‘zbekistonni xususan Samarqandni ko‘rish va ziyorat qilish mening 60 yilliq orzuim edi. Alhamdulillah! Alloh taolo meni shu kunlarga yetkazdi. Ushbu forumni tashkil qilgan va bizga yaqindan yordam berayotgan barcha mutasaddi tashkilot xodim va rahbarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman" - dedi.

 

Bugun, Zayniddin domla Eshonqulov viloyat hokimi o‘rinbosari B.Qodirov bilan birgalikda Samarqand temir yo‘l vokzalida “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi ishtirokchilarini kutib oldi.

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar, AQSH Global jalb qilish institutlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari hamkorligida tashkil etilgan, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari va AQSH yetakchi din ulamolari, ilohiyotshunoslari, huquqshunoslari va boshqa rasmiy vakillar ishtirokida davom etayotgan forum a'zolari Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

 

Diniy idora ulamolari ishtirok etayotgan «Deklaratsiyalar muloqoti» forumi boshlandi

Bugun, 16 may kuni «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. 20 mayga qadar davom etadigan forumda nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mudarrislar hamda soha ekspertlari ishtirok etmoqda.

Tadbir doirasida turli mamlakatlar dinshunos olimlari, amaliyotchi mutaxassislariga jamiyatda tinchlik va totuvlikni saqlab turishning muhim sharti sifatida deklatsiyalararo samarali muloqot o‘rnatish sohasidagi eng yaxshi xalqaro amaliyot, ilg‘or xorijiy tajriba namoyish etilmoqda.

 

Bugun, Samarqand shahar "Xo‘ja Is'hoqi Vali" jome masjidida imkoniyati cheklangan fuqarolar bilan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Islomjon domla Bobobekov "Sunnatga amal qilish va bidatning zararlari" mavzusida suxbatlashdi.

 

 ERTAGA 11 MAY KUNI VILOYATDAGI NOTIQ VA IQTIDORLI IMOM-XATIBLAR BULUNG‘UR TUMANIDAGI MASJIDLARGA TASHRIF BUYURADILAR

Ertaga, 11 may kuni viloyatimizning bir guruh notiq va iqtidorli imom-xatiblari Bulung‘ur tumanidagi masjidlarga tashrif buyurib Peshin namozini jamoat bilan birga ado etib, mo‘min-musulmonlarga ma'rifiy suhbatlar qilib beradilar.

 

"Qur'on nozil bo‘lgan kecha" nomli tadbirining ikkinchi qismi bo‘lib o‘tdi.

Ramazonning eng buyuk fazilatlaridan biri – bu uning Qur'on oyi ekanidadir. Alloh taolo O‘zining so‘nggi kitobi, qiyomatgacha boqiy qoladigan, barchani ojiz qoldirgan mo‘jiza kalomi Qur'oni karimni nozil qilish uchun aynan Ramazon oyini tanlagan.

Shu munosabat bilan Samarqand ahliga Qur'oni karimni xatm qilib berayotgan qorilarga barcha viloyat mo‘min-musulmonlari nomidan minnatdorlik izhor qilindi hamda homiylarning hadyalaridan iborat sovg‘alar qorilarga ulashildi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing