O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

ORZIQIB KUTILGAN ONLAR BOSHLANDI

 
 

Umri davomida bir marta hajga borib, muqaddas makonlarda, ikki Haramda ulkan ajrlarni qo‘lga kiritib, Arafotda turib, Safo va Marva tepaliklarida sa'y aylab, jannatni o‘ziga vojib qilib olishni orzu etmagan inson bo‘lmasa kerak.

Allohga shukrki, orada ikki yil tanaffusdan so‘ng umr safari – hajga yana yo‘llar ochildi. Orziqib kutilgan onlar boshlandi. Buyuk Rabbimizning inoyati ila sabrimizga yarasha hajning kvotasi ko‘paytirib berildi. Buning uchun Yaratganga qancha shukrlar qilsak kam.

Bugun hojilarning dastlabki karvoni muqaddas manzillarga yo‘l olishdi. Ilk beshta guruh Samarqand xalqaro aeroportidan yo‘lga otlandi. Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ming boshi sifatida bir oy muqaddas zaminda yurtimiz hojilariga hajning arkonlarini bekamu ko‘st bajarishda yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar berib boradi.

Hojilarni kuzatish uchun shaxsan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov tashrif buyurdilar. Kuzatuv davomida viloyat hokimi butunlay yangicha ko‘rinish kasb etgan mazkur aeroportda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklarni tilga olib, ziyoratchilarga oq yo‘l tiladi.
Alloh taolo hojilarimizning hajlarini mabrur, sa'ylarini mashkur, gunohlarini mag‘fur qilsin, safarlarini bexatar aylasin.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 26/06/2022 02:41;   Ko‘rilganligi: 361
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/orziqib-kutilgan-onlar-boshlandi
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 03:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing