O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Nurobod tumanida aholi bilan muloqotlar tashkil qilindi

 
 

Bugun, 2022 yil 19 iyul kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Nurobod tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 14 ta masjid imom-xatiblari va noiblar hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari tumandagi 16 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta'minlangan va notinch oilalar xonadoniga tashrif buyurdi. Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda viloyat ishchi guruhi Nurobod tumanidagi 14 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne'matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e'tiborli bo‘laylik”, “Tinchlik qadri”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar.Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Ushbu tadbir davomida umumiy o‘rganilgan xonadonlar va o‘tkazilgan uchrashuvlar soni quyidagini tashkil qildi:

  • Imom-xatiblar tashrif buyurgan mahallalar soni: 16 ta. Shundan 12 tasida muammolar borligi aniqlandi va barchasi ijroga yo‘naltirildi;
  • Kam ta'minlangan oilalarga tashrif: 80 ta. Barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Nogironligi bor va kasalmand 12 nafar fuqarolar holidan xabar olindi. Shundan barchasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.
  • Notinch oilalarga tashrif: 3 ta. Shundan 2 ta oiladagi kelishmovchiliklar isloh qilindi.1 nafari o‘tkazilgan tushuntirishlardan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardi;
  • Ichkilikka ruju qo‘ygan 2 nafar fuqaro bilan suhbat o‘tkazildi. Tushuntirish ishlari davomida ushbu fuqarolar qilayotgan ishlarining oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetganligini aytib o‘tdi;
  • Qo‘shnisi bilan nizolashgan 2 ta oilaning o‘rtasi isloh qilindi;
  • JIEMda, qidiruvda bo‘lgan va IHM bo‘lgan jami 8 nafar fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ular va oila a'zolari bilan suhbat o‘tkazildi. Shundan Ularning barchasi Yurtboshimizning olib borayotgan islohotlaridan g‘oyat mamnun ekanliklarini aytib o‘tdi;
  • Uzoq muddatga xorijga borib kelgan 3 nafar shaxslar bilan hamda xozirda xorijda yurganlarning 2 nafarining oila a'zolari bilan uchrashib, ularga zarur ko‘rsatma va maslahatlar berildi. Shularning barchasi mutaassib fikrda emasligi ma'lum bo‘ldi.
  • Uyushmagan yoshlar bilan 16 ta MFYda yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 120 nafarga yaqin uyushmagan yoshlarning ishtiroki ta'minlandi.
  • Tumandagi 14 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga dolzarb mavzularda ma'ruza qilindi. Unda 1800 nafardan ortiq namozxonlar ishtirok etishdi.
  • Yuqorida aytib o‘tilgan xonadonlarga ko‘rsatilgan jami moddiy yordam miqdori:10 mln so‘mni tashkil qildi.
  • Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Yoqujon domla Mansurov tumanidagi “Xazrati Ali” jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari bilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi hamda ushbu masjid hududida ya'ni “Navruz” MFYda yashovchi kam ta'minlangan va muammoli xonadonlar holidan xabar oldi. Shundan so‘ng, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov mazkur masjidda jamoatga Peshin namozini o‘qib berdilar va namozdan so‘ng jamoatga bugungi kundagi dolzarb masalalar yuzasidan mazmunli ma'ruza qilib berdilar.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 19/07/2022 17:48;   Ko‘rilganligi: 398
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/nurobod-tumanida-aholi-bilan-muloqotlar-tashkil-qilindi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 20:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing