IMOM XATIBLAR UCHUN O‘QUV SEMINAR
O‘zbekiston musulmonlari dorasi Samarqand viloyati vakilligi tomonidan viloyatda faoliyat olib borayotgan rasmiy din vakillarining diniy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi bilimlarini oshirish hamda ularning dunyoqarashlarini kengaytirishga qaratilgan o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. 19-21 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulot darslari viloyatning beshta hududida: Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari hamda Pastdarg‘om, Payariq va Urgut tumanlarida olib borilmoqda. Viloyat imom xatiblari besh guruhga bo‘lingan holda, o‘zlariga yaqin hududda seminar mashg‘ulotlariga ishtirok etmoqdalar.
SAYYOR MAJLIS
2016 yil 14 iyul kuni Samarqand tumanining markaziy masjidi hisoblangan Xo‘ja Ahrori Vali jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi shahar va tumanlar bosh imom xatiblari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirokida sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Hayitingiz muborak bo‘lsin!
Muborak Ramazon oyi ham nixoyalab katta kichik orziqib kutayotgan hayt bayrami yaqinlashib xalqimiz bayramona kayfiyatda bir birlarini qutlamoqdalar.Alloh taologa beadat hamdu sanolar bo‘lsinki o‘tayotgan ulug‘ oyni ko‘tarinki ruh bilan esda qolarli darajada o‘tkazdik. Viloyatimiz mo‘min musulmonlari ro‘za tutishlik bilan birga taroveh namozlarini ham chiroyli tarzda ado qilishdilar. Shahar va qishloqlarimizda xatmonalar qilinib elu yurtimiz haqiga xayrli duolar qilindi. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi orqali ramazon haqidagi ma’rifiy roliklar har kuni efirga uzatilib xalqimizga havola etilgani kishilarni xursand etdi. Zarafshon gazetasi va shahar tuman gazetalarida ma’rifiy maqolalarning chop etilishi ham gazetxonlarni mamnun qildi. Viloyat bosh imom xatibligi boshchiligida jami qirq to‘rt million so‘mlik mablag‘ kam taminlangan oilalarga moddiy yordam sifatida tarqatildi. Undan tashqari qariyalar uyiga va bolalar uyiga saxovatlar qilindi. Misol tariqasida 114-son maxsus maktabgacha ta’lim muassasiga Imom A’zam masjidi tamonidan 40 ta stul, 10 ta stol, 6 ta maxsus mashq bajaradigan stul va 5 dona gilam berildi. Xayit savg‘olari azal azaldan bobolarimizdan meros bo‘lib kelmoqda ishonamizki bizdan keyingi avlod ham bu muborak ishni bizdanda chiroyliroq qilib bajaradilar. Qolaversa barcha qabristonlarda bayram oldi hashar uyishtirilib ziyoratchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Fursatdan foydalanib viloyat bosh imom xatibligi tomonidan xalqimizni ramazon xayiti bilan qutlaymiz. Elimiz tinch vatanimiz obod xonadonlarimiz xursandchilikka to‘lsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz yurtdoshlar.
RAMAZON HAYITI OLDI YIG‘ILISHI
Joriy yilning 29 iyun kuni Samarqand viloyat vakilligi binosida 2015-2016 o‘quv yil bitiruvchilari taqsimoti bo‘yicha joylarga borib ishlashlarini ta’minlash va Ramazon hayitini yuqori saviyada o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat vakili N.Islamov, vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulov, vakillik xodimlari, 2016 yil bitiruvchilari, shahar va tumanlar bosh imom xatiblari hamda Samarqand shahar va Samarqand tuman masjid imom xatiblari ishtirok etdilar.
SHHT A’ZOLARI MINORDA
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi 15 yillik yubiley majlisida qatnashish uchun Respublikamizga kelgan xorijiy mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurmoqdalar. 23 iyun kuni “Minor” jome masjidida bir qator turli mamlakat vakillari kutib olindi. Jumladan, ASEAN xalqaro tashkiloti bosh kotibi Le Liong Min, “Chayna Minmetalz korporeyshn” rahbari Li Liang, Hindiston va Xitoy bojxona qo‘mitasi mutaxassislari hamda axborot agentliklari vakillari tashrif buyurishdi.
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI (SHHT)
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida 2001 yil 15 iyunda tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, shuningdek, ta’lim, energetika, transport, turizm, atrof-muhitni muhafaza qilish va boshqa sohalardagi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Bundan tashqari, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm va ayirmachilikka qarshi birgalikda kurashish ham tashkilotning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Huseyn Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Huseyn boshchiligidagi delegatsiya 22 iyun kuni Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni viloyat mutasaddilari hamda Imom Buxoriy jome masjidi imom xatibi Z.Eshonqulov kutib oldi.
SHOHI ZINDADA XATMONA
19 iyun yakshanba kuni Samarqand shahrining markaziy masjidi hisoblangan “Shohi Zinda” jome masjidida xatmona bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon Islamov, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar, masjid xodimlari va namozxonlar qatnashdilar. Viloyat bosh imom xatibi masjidda yig‘ilganlarni ushbu ulug‘ fursat bilan tabriklar ekan, xatmi Qur’on fazilati, hofizi Qur’onlar qadri haqida qisqacha va’z- nasihat qilib o‘tdilar. Alloh taolodan Kalomi sharifi barokotidan yurtimizni tinch saqlab, xalqimiz farovonligini ziyoda etishini so‘rab duoi xayrlar qildilar.
TAROVEH NAMOZLARI TAROVATI
Muborak Ramazon oyining fayzli kechalarida namozxonlar holidan xabar olish, masjidlarda ibodat uchun hozirlangan sharoitlar bilan yaqindan tanishish, ayniqsa xatmi Qur’on bo‘layotgan masjidlardagi ruhiyatni o‘rganish maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi rahbarlari hamda vakillik xodimlari viloyat bo‘ylab safarlarga chiqmoqdalar. Ta’kidlash lozimki, yilning eng issiq va kunlarning eng uzun vaqtiga to‘g‘ri kelgan Ramazon oyida mo‘min-musulmonlarning ixlosu g‘ayrat bilan ibodat qilayotganlari tahsinga loyiq. Namozxonlar yuzida xotirjamlik, rozilik alomatlari ko‘rinib turibdi.
MUHAMMAD NAQIBBEK JOME MASJIDIDA TAROVEH SHUKUHI
Kattaqo‘rg‘on shahridagi qadimiy va bugungi kunda ham haybat, tarovatini yo‘qotmagan Muhammad Naqibbek jome masjidi Ramazon oyining farahbaxsh kechalarida yanada serfayz bo‘lib ketdi. Masjid o‘zgacha go‘zallik bilan to‘lib toshgan. Ramazonning shukuhi, tarovehning tarovati, xatmi qur’onlarning fayzi va barokatini masjidga tashrif buyurgan namozxonlarning yuzidan sezib olish qiyin emas edi.
UMRA ZIYORATCHILARI UCHUN AJOYIB TUHFA
Ramazon oyida, Makkai mukarramaga umra ziyoratini amalga oshirish uchun kelgan ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish uchun 18 ming dona elektromobil xizmati joriy qilindi.
Ular yordamida ziyoratchilar bir joydan boshqa joyga xavfsiz va tez borishlari mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Masjidul-Haromning birinchi qavatida 550 dona elektromobil qo‘yiladi, qolganlari esa yuqori qavatlarga taqsimlanadi. Ziyoratchilar orasida elektromobillarni taqsimlash ishlari bilan 80 nafar xizmatchi shug‘ullanadi.
SHAYX ABDULAZIZ MANSUR HAZRATLARI SAMARQANDDA
Muborak Ramazon oyi yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda, o‘zgacha tarovat ila davom etmoqda. Yurtdoshlarimiz go‘zal va shinam masjidlarda emin-erkin, tinchlik-xotirjamlikda ibodatlarni amalga oshirmoqdalar. Har bir namozxon qalbida rozilik, shundayin diyorni nasib etgan, uni ofiyatu noz-ne’matlar bilan o‘ragan Alloh taologa shukuronalik jo‘sh urub turubdi.
RAMAZON OYIDA BO‘LGAN MUHIM VOQEALAR
Ramazonning birinchi kuni:
- Hazrati Ibrohimga (alayhissalom) sahifalar tushirildi; milodiy 624 yili 26 fevralda (hijriy 2 yil) musulmonlar ilk bor ramazon ro‘zasini tuta boshlashdi; milodiy 641 yili 13 avgustda (hijriy 20 yil) Misr fath etildi.
QUTLUG‘ RAMAZON OYI MUBORAK BO‘LSIN!
Bismillahir rahmonir rahim
Muhtaram yurtdoshlar! O‘zbekiston musulmonlari idorasi nomidan Sizlarni ulug‘ ayyom – muborak Ramazon oyi tashrifi bilan chin qalbdan, samimiy muborakbod etamiz. Ushbu qutlug‘ oyning fayzu barakoti qalblarimiz va xonadonlarimizni munavvar va xushnud aylasin.
Allohning buyuk inoyati, Mustaqillik sharofati ila Muborak Ramazoni sharifni, mana, yigirma besh yildan beri, yurtimizda emin-erkin va katta shodiyonalik bilan kutib olmoqdamiz. Bu oy sharofati ila ota-onalar, tabarruk yoshdagi qariyalar ziyorat qilinadi, bemorlarning holidan xabar olinadi, mehru muruvvatga muhtoj kishilarga e’tibor ko‘rsatilib, ularga quvonch ulashiladi.
Rahmat va mag‘firat oyi – Ramazoni sharif mustaqil yurtimiz uchun har qachongidan ham fayzli, bo‘ladi, inshoalloh. Bu oyda barchalarimiz emin-erkin ro‘zalarni tutish, ikki mingdan ortiq masjidlarimizda tarovih namozlarini o‘qish, Qur’on xatmilarini amalga oshirish, elimiz farovonligi, mustaqil yurtimiz taraqqiyotini tilab duoi xayrlar qilish baxtiga musharraf bo‘lamiz. Bu sharofatli oyda qiladigan ibodatlarimiz, tavba-tazarrularimiz qalblarimizdagi g‘uborlarni yuvadi, ixlosimizni oshiradi, nafsimizni jilovlashga, yanada saxovatli bo‘lishga, yomonliklardan tiyilib, faqat o‘zimiz uchun emas, o‘zgalar uchun ham fidoyi va kamarbasta bo‘lishga, ezgu amallarimizni ko‘paytirishga o‘rgatadi. Mo‘min musulmonlarimiz muborak Ramazon oyi davomida “Kimda kim bir kishiga yengillik yaratib bersa, Alloh unga qiyomatda yengillik beradi” (Imom Muslim rivoyati), degan hadisi sharifga amal qilib, bu Muborak oyda ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga, yoshi ulug‘ keksalar va faxriylarimizga hurmat-ehtirom, mehr-muruvvat, saxovat ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Muhtaram mo‘min-musulmonlar! Muborak Ramazon oyi tashrifi munosabati bilan saxovatpeshalikni, mehr-oqibat, qanoat va shukronalik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik xislatlarini yanada kuchaytirib, g‘arazli ishlardan, yomonliklardan yiroq bo‘lib, mustaqillik ne’mati hamda ushbu munavvar kunlarning shukronasini qilib, yaxshilik, ezgu ishlarni ko‘proq bajarish hayot tarzimiz, doimiy odatimizga aylansin.
Ushbu saodatli kunlarda turmushimiz yanada farovon, xalqlarimiz saodatli, oilalarimizning ma’naviy kamoloti, farovonligi, farzandlar baxt-saodati, ularning har tomonlama yetuk, odob-axloqli, Vatani, xalqi, dinu diyonatiga sodiq insonlar bo‘lib, kamol topishini so‘rab, duoi xayrlar qilaylik. Zero, joriy yilning yurtimizda “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilinishi zamirida yurtimizdagi barcha oilalarning o‘zaro inoqligi, obodligi, barcha xalqlarning baxtiyorligi va osoyishtaligi mujassamdir. Turmushimiz farovon, oilamiz mustahkam ekan – mamlakat barqarordir, inshalloh.
Aziz yurtdoshlar! Taqdirimiz, qadr-qimmatimiz, iftixorimiz, baxtimiz, erkin va obod Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi tantanalari va shodiyonalari arafasida muborak Ramazoni sharifni kutib olish barchamiz uchun g‘urur va iftixor tuyg‘ularini baxshida etadi.
Ushbu qutlug‘ oyda diniy va milliy qadriyatlarimizning hayotiy kuchini tiklash, ibodatlarimizni emin-erkin ado etishimiz uchun davlatimiz tomonidan barcha qulayliklar, zarur sharoitlar yaratib berilganini, jahon ilmu fani, madaniyati va islom ta’limoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘nlab allomalarimizning ilmiy meroslari va qadamjolari tiklanganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchiman.
Zero, xalqimiz asriy orzulari ushalgan ushbu mustaqillik kunlariga osonlikcha yetib kelganimiz yo‘q. Necha yillar mobaynida xalqimiz azaliy e’tiqodidan bebahra bo‘ldi, uning milliy-diniy an’analari, haq-huquqlari toptaldi.
Mustaqillik sharofati tufayli muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar Vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida imon-e’tiqod, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kamol toptirish baxtiga musharraf bo‘ldik.
Mustaqillik yillarida Samarqanddagi Imom Buxoriy va Shohizinda ziyoratgohlari, Buxorodagi Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband majmualari, Farg‘onadagi Ahmad Farg‘oniyning, Surxondaryodagi Imom Termiziy va Hakim Termiziy maqbaralari, Qarshi shahridagi Ko‘kgumbaz va Odina masjidlari, Toshkentdagi Hazrati Imom va Minor majmualari kabi o‘nlab muborak qadamjolar ma’naviy-ruhiy va axloqiy tarbiyaning ta’sirchan markazlari sifatida qaytadan chiroy ochdi. Ushbu ziyoratgohlar bugungi kunda yurtdoshlarimizni bobolar qoldirgan boy ma’naviy merosdan bahramand bo‘lishga, ularning ishlaridan ibrat olishga, ular bilan faxrlanishga, ayniqsa, yoshlarimizni ajdodlarga munosib voris bo‘lishga, ularning yaratuvchanlik faoliyatini davom ettirishga da’vat etib kelmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar! Muborak Ramazon oyini kutib olish kuniga sog‘-omon yetkazgani uchun Alloh taologa hamdu sano aytib, o‘zaro mehr-oqibatda, husni muomalada bo‘laylik, gina-qudratni unutib, bu Muborak oy tashrifi qudumi tufayli bir-birimizga quchoq ochaylik. Muborak Ramazon oyi kunlarini xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat bilan o‘tkazaylik.
Muborak Ramazoni sharif tashrifi bilan muhtaram Prezidentimizni, barcha yurtdoshlarimizni chin dildan, samimiy muborakbod etamiz. Mustaqil Vatanimiz istiqboli porloq, tinchligi va osoyishtaligi bardavom, xalqimiz farovonligi yanada ziyoda bo‘lishini Alloh talodan so‘rab qolamiz.
Muborak Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin!
Usmonxon Alimov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
SAMARQANDDA YIL IMOMI ANIQLANDI (hamda kitob taqdimoti, Ramazon oyi oldidan yig‘ilish tadbirlari)
2016 yilning 2 iyun kuni Samarqand shahridagi muhtasham san’at saroyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tasarrufidagi masjid imom xatiblari va noib imomlari o‘rtasida “Yil imomi - 2016” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning dastlabki tuman bosqichida g‘oliblikni egallagan 16 nafar imom xatib va noib imomlar bellashdilar.




















