Birlashgan Arab Amirligida xurmo festivali
Birlashgan Arab Amirligida Xurmolar festivali boshlandi. Xurmo palmalari – Shimoliy Afrika, Arabiston yarim orolida va boshqa Osiyo davlatlarida qadim-qadimdan mavjud bo‘lgan o‘simlikdir. Mazkur o‘simlik odamzodga tahminan 9 ming yil ilgari ma’lum bo‘lgan. Palma daraxtining 70 ga yaqin turi bor, xurmoning ham xuddi shuncha turi fanga ma’lum. Xurmoni mevasini yangi va quritilgan holda iste’mol qilish mumkin.
BAAda 41 million tup palma daraxti mavjud bo‘lib, ulardan 16,5 millionidan xurmo xosili olinadi. Amirlikda ikkita katta xurmo fabrikasi faoliyat ko‘rsatadi. U yerda xurmo mevasi turli ko‘rinishda qayta ishlanadi. Xususan, tabiiy, quritilgan, yong‘oqli va sut aralashgani kabilardir. BAA xurmo yetishtirish bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egallaydi. Har yili Amirlikda xurmo festivali tashkil etilib, butun dunyodan keltirilgan eng yaxshi xurmo mevalari, turli ko‘rinishda ko‘rgazmaga qo‘yiladi. Shuningdek, festival doirasida xurmo yetishtiruvchilari uchun ma’ruzalar, mushoira kechasi va eng yaxshi xurmo navi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.
Xurmo mevasi qadim-qadimdan musulmonlar hayotida muhim o‘rin egallaydi. Buni isboti sifatida Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) hadislarini keltirish mumkin. Oyish (roziyallohu anho)dan rivoyat qilingan hadisda, U zot (alayhissalom): “Xurmo mevasi bor uyda hech qachon ocharchilik bo‘lmaydi” deganlar. Shuningdek, yana bir hadisi muborakda:“Xurmo mevasi bo‘lmagan uy – yemishsiz uy kabidir” deganlar.
Manba: “MUSLIM.UZ”
Kiritilgan vaqti: 02/08/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 3595
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 00:02