O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

SAXOVATPESHA BO‘LAYLIK!

 
 

Joriy yilning 14 avgust kuni Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan Payariq tumani “Dehqonobod” bazmgohida xomiylarning sahovati ila kam taminlangan oilalarning 32 nafar bolalariga xatna to‘yi qilib berildi.

To‘yga bolalarning ota-onalari, yaqin qarindoshlari va mahalla faollari taklif qilindi. Mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakil o‘rinbosari Z.Eshonqulov to‘y bolalar haqiiga xayrli duolar qilish bilan birga xomiylarning savobli ishini olqishladi. Bir ota-ona o‘z farzandiga qanday to‘y qilayotgan bo‘lsa bugungi to‘y ham xuddi o‘shandek bo‘layotganligi, yoshlarimiz xotirasida muhrlanib qolishini ta’kidlab, kelajakda bu bolalar ham katta bo‘lib, vataniga, xalqiga chin ko‘nglidan xizmat qiladigan sahovatpesha farzandlarga aylanishiga ishonch bildirdi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 15/08/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2915
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/saxovatpesha-bolaylik
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 09:33
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing