O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

HASHAR HAMJIHATLIK NAMUNASI

 
 

2016 yilning 20-21 avgust kunlari Mustaqilligimizning yigirma besh yillik bayramini nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda mamlakatimizda mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tizimidagi mavjud 285 masjid va ziyoratgohlar, bularga tutash qabristonlarda “Umumxalq xayriya hashari” bo‘lib o‘tdi.

Hasharda ishtirok etgan masjid xodimlari, namozxonlar tomonidan masjid xonaqosi, ayvoni, hovliyu-yo‘laklar, darvozaxona, ko‘cha qismlari tozalanib, fayzli va ko‘rkam holatga keltirildi. Darxtlar oqlanib, ularga chiroyli shakl berildi. Masjidlarga tutash qabristonlarda ham keng ko‘lamli obodonchilik ishlari olib borildi.

Yurtimiz mustaqilligining 25 yillik bayramini munosib tarzda nishonlash maqsadida olib borilayotgan tizimli ishlar asnosida bo‘lib o‘tgan umumxalq hasharida ishtirok etganlar yuzida xursandchilik ifodasi, tinchlik sababidan bo‘lib turgan ishlarga shukronilik hissi ko‘rinib turardi. Yoshi ulug‘larimiz qo‘llari esa doimo duodo, tinchligimiz bardavom, farovonligimiz ziyoda bo‘lishini Yaratgandan so‘rardilar.

Viloyatimiz bo‘ylab eng ulug‘ va eng aziz bayramga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 21/08/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3043
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/hashar-hamjihatlik-namunasi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 19:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing