Amallarning yaxshisi...
Kattaqo‘rg‘on shahrida hozirgi kunda beshta jome masjid faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda xizmat qilayotgan imom xatib va boshqa xodimlar aholi turmush tarzini o‘rganish, ehtiyojmandlarga yordam ko‘rsatish, bemorlar holidan xabar olish kabi xayrli ishlarda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom xatibi Xayrullo Do‘smurodov boshchiligida imom xatiblar “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali hamda boshqa saxiy kishilar ko‘magi bilan Muborak ramazon oyida qator xayrli ishlarni amalga oshirdi. 25 dan oshiq xonadonga tashrif buyurildi. Ular orasida bemorlar, keksalar, boquvchisini yo‘qotgan va nogironlar mavjud. Ularning har biriga xayr-ehson qilindi. Ehtiyojmandlarga ko‘rsatilgan moddiy yordamlar olti million so‘mdan oshdi. “Bu kabi ishlar davomli bo‘ladi, zero Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak hadislarida: “Amallarning yaxshisi, garchi oz bo‘lsa ham, davomlisidir” (Buxoriy, Muslim rivoyati), – deganlar” deydi shahar bosh imom xatibi X.Do‘smurodov.
Qur’oni karim xatmlari bo‘lib o‘tmoqda
Xabaringiz bor bu yil Muborak Ramazon oyi davomida Samarqand viloyati bo‘yicha jami 115 ta masjidlarda Xatmi Qur’on o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shundan ushbu oyning birinchi va ikkinchi o‘n besh kunligida o‘tkazilishi belgilan masjidlar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ular reja asosida o‘z ishlarini davom ettirmoqda. 19 may tunda taroveh namozining 15-si o‘qildi. Birinchi o‘n besh kunlikka mo‘ljallangan 45 ta masjidlarda shu kuni Xatmi Qur’onlar o‘z nihoyasiga yetdi. Xatmi Qur’onlarda ishtirok etgan namozxonlar Qur’oni karim xatmidan so‘ng qilinadigan duolarning ijobatidan umid qilgan holda, ibodatlarni qabul bo‘lishi, tinchlik-ofiyat, fayzu barka va xatolarni mag‘firat etilishini so‘rab duoi xayrlar qildilar
Imom Buxoriy majmuasida ilk mehmonxona qurilishi boshlandi
Yurtimizning ko‘hna me’moriy va tarixiy obidalari jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli xorijiy sayyohlar safi tobora kengaymoqda. Imom Buxoriy majmuasining qayta ta’mirlanishi, kengaytirilishi, obod qilinishi yurtimizning turizm salohiyatini tobora yuksaltiradi. Imom Buxoriy majmuasi atrofida ziyoratchilar uchun zamonaviy, barcha talabga javob bera oladigan infratuzilma yaratish maqsadida bosh reja ishlab chiqilgan bo‘lib, bu bosh rejaga ko‘ra, majmua yaqinida qariyb bir kilometrlik xiyobon yaratiladi, xiyobon bo‘ylab 26 ta mehmonxona bunyod etiladi. Ana shu ishlarning dastlabkisiga bugun birinchi tamal toshi qo‘yildi. Imom Buxoriy majmuasi yonida dunyoga mashhur Indoneziya mamlakatining “SAHID HOTELS & RESORTS” kompaniyasi mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda besh yulduzli mehmoxona qurishni boshladilar. Ushbu binoning poydevorini qo‘yish marosimida Samarqand viloyat hokimligi, xorijlik investorlar, mahalliy tadbirkorlar va Samarqand viloyat bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov ishtirok etdi.
Ramazon sovg‘alari ulashildi
"Vaqf" xayriya jamoat fondiga ehson qilayotgan saxovatpesha insonlarning ko‘magi bilan fond tomonidan Ramazon oyi davomida ko‘plab xayriya-saxovat ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 16 may kuni Fond tomonidan tayyorlangan qariyb 251 million so‘mlik Ramazon sovg‘alari yurtimizning 14 ta hududlariga yuborildi.
Umra ziyoratchilari qaytib kelishdi
Samarqand viloyatidan Umra ibodatiga jo‘nab ketgan 137 nafar fuqarolar ziyoratdan sog‘ salomat qaytib kelishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Ramazon oyida qilingan umra - haj bilan barobar" deganlar. Mana shunday ulug‘ savob bizning viloyatimzdan borgan ziyoratchilarga ham nasib etdi. Ularni Samarqand viloyat vakilligi binosida vakillik xodimlari, ziyoratchilarning yaqinlari hamda shahar va tuman hokimliklarining mutasaddilari kutib olishdi. Ziyoratchilarning bunday baxtdan mamnun ekanliklari ularning nurli chehralarida o‘z aksini namoyon qilib turgan edi. Eslatib o‘tamiz, nabatdagi ziyoratchilar guruhi 24 may kuni safarga chiqadilar. Ular “Laylatul qadr” kechasini muqaddas Ka’batulloh yonida o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar inshaallloh. Ziyoratingiz qabul bo‘lsin, aziz Yurtdoshlar!
Yaxshilikka dalolat qiluvchi xuddi uni qiluvchi kabidir
Tolha ibn Ubaydulloh ibn Kurayzdan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Viloyat bosh imom-xatibi joylardagi taroveh namozlarida
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Muborak Ramazon oyi davomida joylardagi masjidlarda bo‘lib, taroveh namozlarida ishtirok etmoqda. Tashrif jarayonida masjidlarning faoliyati bilan tanishib, namozxonlar bilan yaqindan muloqot qilib kelmoqda.
Ehson savobli amallardandir
Alloh taolo ehson haqida shunday marhamat qilgan:
“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir” (“Oli Imron” surasi, 92-oyat).
Alloh taologa farzlardan keyingi eng sevimli amal
Umr insoniyatga berilgan eng bebaho ne’matdir. Insonning yaralishi, hayot kechirishi va oxir-oqibat dorulfanodan dorulbaqoga rihlat etishi Alloh tomonidan joriy qilib qo‘yilgan o‘zgarmas qonundir. Insonga umr o‘zi nima uchun beriladi, inson bu umrda nimalar qilishi kerakligiga Alloh taboraka va taolo Qur’oni Karimning “Mulk” surasida mana bunday marhamat qilgan:
Samarqand viloyati masjidlarida taroveh namozi shukuhi
Joriy yil Samarqand viloyatidagi jami 285 ta masjidlarda taroveh va Xatmi Qur’on namozlari o‘qiladi. Hozirgi kunda 70 ta jome masjidlarda Xatmi Qur’on bo‘lib o‘tmoqda. Yana Ramazon oyining ikkinchi o‘n besh kunligida 45 ta jome masjidlarda Xatmi Qur’on o‘qilishi rejalashtirilgan. Quyida joylardagi taroveh nomozlaridan fotolavhalarni ko‘rishingiz mumkin:
Faxriylar hamisha ardoqda
Samarqand tumani Arabxona mahallasida istiqomat qilayotgan, besh nafar farzandning otasi, qirqta nabira va abiraning bobosi Ochilov Ahad bobo II jahon urushining suruvli yillarida fashist bosqinchilariga qarshi jang olib borgan. Urushdan qaytganidan so‘ng yosh avlodga ilm-ma’rifat ulashib, ma’orif sohasida mehnat qildilar. Bugun tinchlik hukm surayotgan, farovon kunlarda yoshlar, farzandlari haqqiga, yurtimiz kelajagining porloq bo‘lishiga duo qilib, qarilik gashtini surmoqdalar. Avlodlari, mahalla ahlining ardog‘ida bo‘lgan Ahad boboni Samarqand tuman “Arabxona” jome masjidi imom xatibi Abduzohid Rizayev ham ziyorat qilib, u kishining xotiralari, ko‘rgan-kechirganlaridan iborat hikoyalaridan bahramand bo‘ldi. Nasihatlariga quloq tutib, duolariga sazovar bo‘ldi.
Bemorlik ham sinovlardan biridir
Alloh Taolo insoniyatga behisob ne'matlar berish bilan birgalikda, uning uchun sinovlar ham yuboradi. Gohida bu sinovlar boylik, mansab kabi yaxshiliklar misolida berilsa, gohida turli ofatlar va kasalliklar sinov tariqasida beriladi. Bemorlik ham Alloh Taoloning sinovlaridan biri bo‘lib, undan mo‘min kishi ham holi emasdir. Mo‘min kishiga xastalik yetsa, bu Alloh Taoloning unga bo‘lgan muhabbati belgisidir. Zero, kasalliklarning gunohlarga kafforot bo‘lishi va mo‘minning darajasi yuksalishiga sabab bo‘lishi haqidagi ma'lumotlar ulug‘larimizdan marhamat qilingandir. Muqaddas dinimiz insonlarni mehr-muruvvatga, ezgulikka chorlaydi, rahmdillikni tarannum etadi. Bemorlar holidan xabar olish ham mana shunday ulug‘ va savobli amallardan hisoblanadi.
Bu ko‘ngil ovlash oyidir
Abu Fazl “Musnad” nomli hadislar to‘plamida Salmon roziyallohu anhudan quyidagicha rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sha'bonning oxirgi kuni bizga xutba qilib bunday dedilar: “Ey odamlar! Darhaqiqat, sizlarga buyuk bir oy soya solmoqda. Muborak oy. Unda ming oydan yaxshi bir kecha bor. Alloh u (oy)ning ro‘zasini farz qildi, kechasini ibodat bilan o‘tkazishni ixtiyoriy – nafl qildi. Kim unda ixtiyoriy ravishda bir yaxshi ish qilsa, xuddi bir farzni ado etgandek bo‘ladi. Kim unda bir farzni ado etsa, xuddi yetmishta farzni bajargandek bo‘ladi. U sabr oyidir, sabrning savobi esa jannatdir. U ko‘ngil ovlash oyidir. U mo‘minning rizqi ziyoda qilinadigan oydir...”.
Ko‘ngillarni obod etib...
Ramazon oyida boshqa oylardagiga nisbatan saxovatga alohida e'tibor berilishi bejiz emas. Sababi bu oyda qilingan amalga juda ko‘p mukofot beriladi. Alloh O‘zining yo‘lida qilingan sadaqa va infoqni yetti yuz barobargacha ko‘paytirilishini Kalomida bayon qilgan. Ramazon oyida esa bu miqdor yanada oshirilishi shubhasiz. Saxovat ko‘rsatayotgan kishining ixlosi va qalbidagi ezgu niyati olinajak ajrni yanada ziyoda qiladi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bilan uchrashuv
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng 9 may-“Xotira va Qadrlash kuni” sifatida har yili keng nishonlanmoqda. Bu kunda II jahon urushida, qatog‘on yillarida millatimiz, yurtimiz kelajagi yo‘lida qurbon bo‘lganlarni xotirlash bilan bir qatorda xalq farovonligi uchun fidokorona mehnat qilgan tabarruk yoshdagi otaxonu onaxnlarimizga ham cheksiz izzat va ehtirom ko‘rsatish ayyomidir. Shuningdek, ona-Vatanimizning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan barcha faxriylarimizni e'zozlash, qadrlash bayramidir.




















