O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Xayriya ishlari davom etmoqda

 
 

Samarqand shahar “Damariq” jome masjidi imom-xatibi Kimyogarlar qo‘rg‘onida joylashgan 61-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktabga tashrif buyurdi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali va homiylar ko‘magida maktab tarbiyalanuvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi. Maxsus maktabda tashkil etilgan tadbirda imom-xatib Abdumannonov Nursultonxon so‘zga chiqib, ilm va uning fazilatlari haqida gapirib, yurtimiz azal-azaldan dunyoga ustoz bo‘lgan ulamolari bilan mashhur bo‘lgani, yoshlarimiz ham ulug‘ ajdodlariga munosib voris bo‘lishga harakat qilishi lozimligini ta'kidladi.

Bundan tashqari masjid jamoasi Ramazon oyi davomida bir qancha boquvchisini yo‘qotgan, e'tiborga muhtoj oilalar, nogiron va keksalar xonadonlarini yo‘qlab, ularning holidan xabar olindi. Ularga uy jihoz vositalari va zaruriy oziq-ovqat maxsulotlari hadya qilindi. Ushbu qilingan xayr-ehsonlarning miqdori jami 4 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Dinimizda inson sha'ni, qadr-qimmati azizdir. Ko‘ngli yarim, mehrga muxtojlarning duosi saodat kaliti hisoblanadi. Kundan-kunga obod bo‘lib borayotgan yurtimizda hech kim mehr-muruvvatdan chetda qolmaydi. Saxovatli insonlarning ehsonlarini Alloh taolo ziyod qilib nomai a'mollariga ato etsin!

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 20/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1645
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/xayriya-ishlari-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 07/12/2024 22:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing