Lohutiy jome masjidi imom xatibi bolajonlarni sayothga taklif qildi
Bugun, 24 may kuni Samarqand shahar “Lohutiy” jome masjidi imom xatibi saxovatpesha insonlar bilan birgalikda Samarqand shahridagi 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan bir guruhini shahar bo‘ylab sayohatga olib chiqdi. Ular shahrimizning ko‘zga ko‘ringan maskanlari va ziyoratgohlariga tashrif buyurdilar. Ulkan ta’surot va quvonch bilan ortga qaytayotgan bolajonlarga yoz mavsumida kiyiladigan kiyim kechaklar xarid qilinib, sovg‘a qilindi. Sayohat yakunida ularning haqlariga duoi xayrlar qilgan masjid imom xatibi O‘tkirjon O‘mirqulov, "Biz sizni hech qachon unutmaymiz, siz bilan hamisha birgamiz. Siz ham Vatan uchun kerak ekaningizni hech ham unutmang", deya xayirlashdi.
“Lohutiy” jome masjidi jamoasi tomonidan ehtiyojmand, kam ta’minlangan kishilarga bir qancha beg‘araz yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Ramazon oyi davomida ular homiylar ko‘magi bilan qariyb 5 million so‘mga yaqin miqdorda xayriya ishlarini amalga oshirdi.
Alloh taolo mana shunday savobli amallarga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha insonlarga O‘zi ajru hasanotlar ato aylasin!
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 24/05/2019 00:00; Ko‘rilganligi: 1578
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 22:01