O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Otinoyilar ham saxovat tadbirlari o‘tkazishmoqda

 
 

Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilar Muborak Ramazon oyi hamda yaqinlashib kelayotgan 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi 1-son bolalar Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar. Tashrif asnosida bolajonlarni bayram bilan muborakbod etib, ulardan o‘ttiz ikki nafariga jami 2 850 000 so‘m qiymatga ega kiyim-kechak va o‘quv qurollari sovg‘a qildilar.

“Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmuning ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bolalarni “jannat rayhonlari”, deb ataganlar. Ularning jannat rayhonlari bo‘lib yetishishlari esa o‘g‘il-qizlarimizning chiroyli xulqli, diyonatli, el-yurtiga sadoqatli, millatiga munosib etib tarbiyalashga bog‘liq”, - deydi O‘MI Samarqand viloyat vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nozbuvi Temirova.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 23/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 1518
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/otinoyilar-ham-saxovat-tadbirlari-otkazishmoqda
Chop etilgan vaqti: 13/10/2024 05:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing