Samarqand shahar bosh imom-xatibi “Panjob” mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Samarqand shahar “Panjob” mahallasida ijtimoiy, ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish bo‘yicha ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Targ‘ibot tadbirida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga bugungi tinchlik, osoyishtalik hukum surgan bir buyuk davlatda yashayotganimiz uchun shukronalar keltirish, lekin ba'zi bir qo‘poruvchi kuchlar tomonidan yurtimiz tinchligiga rahna solayotgan ayrim kuchlar borligi odamlarni ogoh bo‘lishga da'vat etishini aytib o‘tdi.
Jumladan, Iroq va Shom davlatlarida bo‘layotgan xunrezliklarga to‘xtalib, dunyo musulmonlari necha asrlar davomida e'tiqod qilib kelayotgan “Islom” dinining arkonlarini noto‘g‘ri talqin qilib, dunyoga o‘zining vahshiyona odatlari, amallari bilan tanilgan manqurtlar borligini ta'kidladi. Bugungi kun yoshlariga murojaat qilib barchani ogohlikka, yon atrofda sodir etilayotgan hodisa va voqealarga befarqlik bilan qaramasdan jamiyat rivojiga, yurtimiz tinchligiga rahna soluvchi kuchlarga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib kurashish lozimligi aytib o‘tildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 05/12/2019 16:13; Ko‘rilganligi: 1456
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 11:56