Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda
Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bugun mehmonlar Samarqand shahriga tashrif buyurib, tabarruk ziyoratgoh va tarixiy obidalrni ziyorat qildi. Jumladan, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamrohligida Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur'on tilovat qilindi.
Bundan tashqari mehmonlar Imom Buxoriy majmuasida ham bo‘ldilar. U yerda Imom Buxoriy hazratlarining ravzalari ziyorat qilindi. Shundan so‘ng mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Mehmonlar markaz muzeyida bo‘ldilar. Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan suhbatda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan tilga olindi. Martabali mehmonlarning ziyorat va tashrifi davomida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov ularga hamrohlik qildi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Kiritilgan vaqti: 04/12/2019 18:29; Ko‘rilganligi: 1185
Chop etilgan vaqti: 14/09/2024 20:09