Diniy ma'rifatni yetkazish - bugungi kun imomining mas'uliyati hisoblanadi
Bugun dunyoning turli chekkalarida muqaddas islom nomidan sodir etilayotgan terrorchilik harakatlari, islomiy tushuncha va g‘oyalarni buzib talqin qilgan holda soddadil musulmonlarni chalg‘itish holatlari dinimizning bag‘rikenglik, mo‘tadillik va insoniylikka yo‘g‘rilgan musaffo ta'limotini aholi, xususan, yoshlarimizga to‘g‘ri tushuntirish zaruratini tobora oshirmoqda.
Shunday ekan, bugungi kun imomlari zimmasidagi mas'uliyatni chuqur his qilgan holda diniy ma'rifatni ommaga yetkazishlari, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlari, Vatan ravnaqi, Yurt tinchligini ta'minlash va xalq farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shishlari zarur. Mana shularni o‘zida his etgan imom-xatiblarimizdan Samarqand shahar “Xo‘ja abdu Darun” jome masjidi imom-xatibi Zafar Mahmudov ham ta'lim muassasalari, mahalla yig‘inlarida bo‘lib, sof islom ma'rifati, ota-bobolarimizning mustahkam va sobit e'tiqod yo‘llaridan og‘ishmay borish, bugungi kunda jahonda yuz berayotgan turli ziddiyat va to‘qnashuvlar mohiyati, hushyor va ogoh bo‘lib yashash, ommaviy madaniyat niqobi ostidagi ma'naviyatimiz, e'tiqodimizga tamomila zid odatlar haqida so‘z yuritib, ayanchli yakunlari haqida hayotiy misollar keltirib o‘tmoqda.
Viloyat hokimining sayyor qabuli o‘tkazilmoqda
Ayni paytda Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kollejida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazmoqda. Viloyatdagi barcha tashkilotlari rahbarlari qatorida viloyat bosh imom xatibi Z. Eshonqulov va Samarqand shahar bosh imom xatibi N. Islomov ham mazkur qabulda ishtirok etib, fuqarolar murojaatini ijobiy hal etishda faol harakat qilishmoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Samarqandlik navbatdagi ziyoratchilar guruhi Umra safariga kuzatib qo‘yildi
Xabaringiz bor Umra ziyoratiga vatandoshlarimizning borishida cheklovlar bekor qilinib, endilikda umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo‘lgan edi. Shunga binoan har o‘n kunda viloyatmizdan ziyoratchilar Umra safariga yo‘l olmoqdalar. Bugun, 10 dekab kuni Samarqand viloyatidan navbatdagi 4 ta guruhda 196 nafar ziyoratchilar Umra safariga yo‘lga chiqdi. Ushbu guruhlarga tajribali, ilmli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari boshchilik qilmoqda. Viloyatmizning barcha tumanlaridan ziyoratchilar kunning avvalida viloyat vakilligi binosiga yig‘ildiilar. Shundan so‘ng safaroldi xayrlashuvi va duolar qilinib, muborak safarga kuzatib qo‘yildi.
Umra ziyoratida ulkan ajru savoblar bor. Baytullohning atrofida tavof qilib aylanar ekan ularning har bir qadamiga bir hasana yozilib, bittadan gunohlari o‘chirib boriladi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz alayhissalomdan rivoyat qilgan, ul zot aytganlar:
“Kimki Baytullohni tavof qilar ekan bir oyog‘ini yerdan ko‘tarib, ikkinchisini yerga qo‘ygunicha Alloh unga bir hasana yozadi, bitta gunohini o‘chiradi va darajasini bir pog‘onaga oshiraveradi” (Imom Ahmad).
Allohim, barcha yaxshi niyat bilan safarga otlangan va umra ibodatlarini ado etib qaytayotgan yurtdoshlarimizning ibodatlarini qabul qilsin!
“Mehr” inosonparvarlik operatsiyasi orqali Vatanga qaytarilgan shaxslarga mehr ko‘rsatilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga binoan, bir qancha vatandoshlarimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarilgan edi. Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatilib, ularning tinch hayotga qaytishi, jamiyatga moslashishlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratildi, boshpana va ish bilan ta'minlash choralari ko‘rildi.
Xorijdan qaytib kelganlar bugun nima bilan band?
Imom-xatiblar, mahalla faollari va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan barcha mahallalarda xorijga ishlash va o‘qishga ketib, O‘zbekistonga qaytib kelgan yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda. Suhbat jarayonida ularning xorijdagi safari, hozirgi turmush sharoiti, mavjud muammolari o‘rganilib, mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta'minlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, bilimlarini oshirish, bandligini ta'minlash bo‘yicha ham zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ishtixon tuman bosh imom-xatibi A.Yaqubov va tumandagi barcha imom-xatiblar uzoq muddat xorijda bo‘lib qaytgan fuqarolar bilan uchrashib, ularning safar ta'surotlari, hozirgi yashash tarzi, tug‘ilib o‘sgan vatani, dinimiz, milliyligimizga sadoqatli bo‘lish borasida tushunchalar berib kelmoqda.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi
Otinoyilarning navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari viloyat vakilligi binosida boshlandi
Oldin xabar berganimizdek O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Samarqand viloyati mintaqaviy filiali tomonidan otinoylar uchun tashkil etilgan o‘quv kursi Samarqand kompyuter texnologiyalari va gidromelioratsiya kolleji binosida olib borilayotgan edi. O‘quv mashg‘ulotlari 2019 yil 16 sentyabrdan boshlangan bo‘lib, har bir guruh 2 hafta mobaynida 72 soatlik mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda.
Prezident 92 nafar mahbusni afv etdi. Ular orasida dindorlar ham bor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev qilmishidan chin yurakdan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat'iy o‘tgan ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayogan insonlar guruhini afv etish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Kun.uz xabar tarqatdi.
Toshkent shahridan kelgan imom-xatiblar Samarqand viloyatidagi masjidlarda Juma namozlarini ado etib berdilar
Yurtimizda barcha jabhalarda islohotlar olib borilayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Jumladan, diniy sohada ham ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotgani barchamizni xursand qilmoqda. Ushbu kunlarimizga shukronalik keltirish, tinchlik va xotirjamlikning qadriga yetish, olib borilayotgan islohotlarning asl mohiyatini tushinib yetish borasida suhbat qilish uchun Mamlakatimizning taniqli ulamolari, tajribali imom-xatiblar chekka hududlardagi masjidlarda juma namozlarini o‘qib, ma'ruza bilan ishtirok etishlari an'ana bilan davom etib kelmoqda.



Muftiy hazratlari Urganchdagi madrasaning yangi binosi loyihasi bilan tanishdilar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Xorazm viloyatiga safarlari davomida Urganch shahridagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom bilim yurti faoliyati bilan tanishib, ustoz va talabalar bilan muloqot qildilar.
Muftiy hazratlari boshchiliklaridagi avval ushbu madrasa uchun ajratilgan yangi binoning ta'mirlash loyihasi bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarining muhim tavsiyalarini berdilar.
Tashrif doirasida barcha mudarris va talabalar bilan muftiy hazratlari suhbat o‘tkazib, Haq taoloning bergan ne'matlariga shukr qilish, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, diniy va dunyoviy ilmlarni mustahkam egallash, kelgusida xalqimiz va dinimiz rivojiga munosib hissa qo‘shish zarurligini ta'kidladilar.
Ayniqsa bugungi kunda din nomidan jinoyat qilayotgan toifalarga qarshi kurashish uchun zarur ilmlarni puxta o‘rganish va ularning noto‘g‘ri da'volarida raddiya berish qobiliyatiga ega bo‘lish eng dolzarb vazifalardan ekanini alohida qayd etdilar.
Uchrashuvda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan ustoz va talabalarga Qur'oni karim kitoblari tuhfa etildi.
Samarqand shahar bosh imom-xatibi “Panjob” mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Samarqand shahar “Panjob” mahallasida ijtimoiy, ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish bo‘yicha ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Targ‘ibot tadbirida Samarqand shahar bosh imom-xatibi Nuriddinxon Islomov ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga bugungi tinchlik, osoyishtalik hukum surgan bir buyuk davlatda yashayotganimiz uchun shukronalar keltirish, lekin ba'zi bir qo‘poruvchi kuchlar tomonidan yurtimiz tinchligiga rahna solayotgan ayrim kuchlar borligi odamlarni ogoh bo‘lishga da'vat etishini aytib o‘tdi.
Islom tinchlik dini
Radikal mutaassib guruhlar Islom dini niqobi ostida zo‘ravonliklarga qo‘l urib, qo‘poruvchilik, qotilliklar sodir etmoqda. Diniy ulamolar, soha vakillaridan islomning asl mohiyatini keng jamoatchilik, yoshlarga to‘g‘ri yetkazish, diniy ekstremistik tashkilotlar da'volariga asosli, ilmiy raddiyalar berish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu kabi maqsadlarni o‘z ichiga olgan davra suhbatlari, uchrashuv va tadbirlar aholi bilan, ilm dargohlarida imom-xatiblar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
Pastdarg‘om tuman “Abdurasulboy” jome masjidi imom-xatibi Ulug‘uov Xudoyor ham Pastdarg‘om Avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejida “Islom tinchlik dini” mavzusida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Suhbat davomida imom-xatib tomonidan Islom – tinchlik, insonparvar din ekanligi oyati karima va hadisi shariflar asosida tushuntirib berildi. Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar. Aytish mumkinki, uchrashuv mazmunli, o‘zaro savol-javob tarzida o‘tdi.
Aviahalokatga uchragan oilalarning yaqinlariga ta'ziya izhor etildi
Kanadaning Ontario provinsiyasida yengil samolyotning halokatga uchrashi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan edi. Asli O‘zbekistonlik, AQSHning Texas shtatida istiqomat qiluvchi Otabek Obloqulov Ontarioning Kingston shahri atrofida Piper PA-32 samolyotini boshqarib ketayotganida halokatga uchragan. Samolyot Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Samolyotda Obloqulovning turmush o‘rtog‘i va 3, 11 va 15 yoshli farzandlari bo‘lgan. Bundan tashqari bortda Kanadaning Toronto shahrida doimiy istiqomat qiluvchi, asli O‘zbekistondan bo‘lgan Bobomurod Nabiyev va uning turmush o‘rtog‘i ham bo‘lgan.
Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda
Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bugun mehmonlar Samarqand shahriga tashrif buyurib, tabarruk ziyoratgoh va tarixiy obidalrni ziyorat qildi. Jumladan, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev hamrohligida Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur'on tilovat qilindi.

Bundan tashqari mehmonlar Imom Buxoriy majmuasida ham bo‘ldilar. U yerda Imom Buxoriy hazratlarining ravzalari ziyorat qilindi. Shundan so‘ng mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.
Mehmonlar markaz muzeyida bo‘ldilar. Markaz rahbariyati va ilmiy xodimlari bilan suhbatda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan tilga olindi. Martabali mehmonlarning ziyorat va tashrifi davomida Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov ularga hamrohlik qildi.
“...Jannatda o‘zinga bir manzil tayyorlading”
Alloh taolo insoniyatni behisob ne'matlar bilan silagan. Ular orasida inson uchun eng beboholaridan ikkitasi sihat salomatlik va hotirjamlikdir. Alloh taolo ba'zi bandasiga bemorlik dardini beradi. Mana shunday hollarda mo‘min musulmonlar o‘rtalarida mehr-muruvvat, o‘zaro hamjihatlik ziyoda bo‘lishi uchun bir-biridan xabar olib turmog‘i lozim. Barcha ezgu amallar kabi bemorni ziyorat qilishni ham astoydil, ixlos bilan ado etish lozim. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday marhamat qilganlar: “Bir odam bemor kishini nafaqat Alloh taolo roziligi uchun ko‘rishga borsa, Alloh taolo u haqda shunday deydi: “Juda yaxshi qilding. Borishing ham chiroyli bo‘ldi. Jannatda o‘zinga bir manzil tayyorlading”.
Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda
Bugungi kunda butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya'ni yettita kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud bo‘lib, barcha nogironlarning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi. Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a'zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda.




















