O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

“Mehr” inosonparvarlik operatsiyasi orqali Vatanga qaytarilgan shaxslarga mehr ko‘rsatilmoqda

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig‘iga binoan, bir qancha vatandoshlarimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarilgan edi. Aldov oqibatida o‘zga yurtga borib qolib, og‘ir hayotiy davrni boshidan o‘tkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatilib, ularning tinch hayotga qaytishi, jamiyatga moslashishlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratildi, boshpana va ish bilan ta'minlash choralari ko‘rildi.

“Mehr” inosonparvarlik operatsiyasi orqali Vatanga qaytarilgan shaxslarni jamiyatga moslashishlarida ko‘maklashish, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash bo‘yicha mas'ul tashkilotlar qatori O‘MI Samarqand viloyat vakilligi ham bir qancha tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu insonlarni ma'nan va ruhan qo‘llab quvvatlash, ularni qiynab kelayotgan muammolar bo‘yicha yordam berish, jamityada oilaning nufuzi, unda ayollarning o‘rni, shuningdek, bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashning ahamiyati, tinchlik-xotirjamlikning qadria yetish kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazilmoqda.  

“Mehr” inosonparvarlik operatsiyasi orqali Vatanga qaytarilgan fuqarolar orasida Po‘latova Sayyora va Ahadqulova Azizalar ham bor edi. Sayyora 2016 yil tug‘ilgan o‘g‘li Amin, Aziza esa 2018 yil tug‘ilgan qizi Hanifa bilan hozir Samarqand shahrida yashamoqda. Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov hamda bosh imom-xatibning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova bugun mana shu ikkita oila xonadonida bo‘ldilar. Ularning hol-ahvoli bilan tanishib, sof islom ma'rifati, aqidaparstlik, islomdagi firqalanishning zararlari, tinchlik-xotirjamlikning qadriga yetish, shukronalik bilan yashashning fazilati to‘g‘risida tushunchalar berildi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/12/2019 17:16;   Ko‘rilganligi: 1392
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/mehr-inosonparvarlik-operatsiyasi-orqali-vatanga-qaytarilgan-shaxslarga-mehr-korsatilmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/03/2024 15:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing