Onalarning eng buyugi – Omina onamiz
Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi vasallam, ota-onalari kufrda vafot etgan emaslar.
Abu Hanifa rahmatullohu alayhning “Al-fiq al-akbar” asaridan.
Onalik – ayol zotiga nasib etgan muborak va sharafli vazifadir. Alloh taolo onalarning tanasini mo‘jizaviy xilqat qilib yaratdi, tuyg‘ularini rahmati va sabri bilan sarafroz etib, ularni qutlug‘ vazifaga tayyorladi. Bu shundayki, rahmida paydo bo‘lgan homila boshdanoq uni mashaqqatga yuzlantiradi: boshqorong‘ulik, qo‘shimcha yuklik.... lekin ayol shu azoblarni katta mamnuniyat bilan, shodu xurramlik bilan qarshi oladi. Nimjon bir chaqaloq bo‘lib dunyoga kelgan murg‘ak jonni shafqati ila, fidokorligi ila boqadi. Lekin evaziga hech narsa tama' qilmaydi.
Germaniyalik professor musulmonlarga innovatsion krossovkalarni taqdim qildi
Universitet o‘qituvchisi doktor Yorg Imran Shreter islom diniga e'tiqod qilib, dunyoviy ta'lim muassasalarida tahorat olishga nisbatan qiyinchilikka duch keldi. Bu muammoning yechimini u kutmaganda topishga erishdi - innovatsion musulmon krossovkasini yaratdi.
Mavritaniyada islom
Joylashuvi. Afrikaning shimoli-g‘arbida joylashgan. Jazoir, Mali, G‘arbiy Sahroi Kabir va Senegal bilan chegaradosh. G‘arbiy qirg‘oqlarini Atlantika okeani yuvib turadi. Mamlakatning ko‘p qismi g‘arbiy Sahroi Kabirning qumli va toshloq cho‘llari, Atlantika okeaniga tutash sohil pasttekislikdan iborat. Ma'muriy jihatdan mamlakat 12 viloyatga bo‘linadi.
Ikki qush yoki azon mo‘jizasi! (hayot kechinmalardan)
Bismillaxir rahmanir rohim. Allohga shukrlar bo‘lsinki, jome' masjidimizga azon aytish baxtiga muyassar bo‘lganman. Bir kuni juma namozi oldidan. Azon aytmoqchi bo‘lib, ovoz kuchaytirgichni yoqsam, u ishlamadi. Shunda tashqariga masjid ayvonida avonni aytishga taraddudlandim. Masjid hovlisiga ekilgan tut daraxtida ikkita maynaqush tinmay chug‘urlashardi.
Islomda ayollarga munosabat .
Jamiyat xech qachon yolg‘iz erkaklarni o‘zidan tashkil topmaydi bu mumkin emas, balki erkaklar va ayollardan iboratdir. Bu haqiqat hammamizga ma'lum. Bu haqiqatga Islom hazorasida nima deyilgan. Ayolni dinimizda tutgan o‘rni shunchalik balandki aqlga sig‘maydi. Tasavvur qilib ko‘ring ayol bu onadir.
Dinimiz jonkuyari edilar
Yaxshilar yodi
Butun dunyo aholisining tinchini buzgan ko‘rinmas yov – koronavirus infeksiyasi bashariyatning sabrini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu ofat, afsuski, yurtimizni ham chetlab o‘tmadi. Vabo diyorimizning ko‘zga ko‘ringan, taniqli ahli ilmlarini oramizdan olib ketdi.
“Ekstremistik g‘oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (to‘rtinchi qism)
III. Madina hayotining dastlabki davri
Ushbu davr yangi islom jamiyatini barpo qilishning dastlabki davri hisoblanadi. Ma'lumki, mahalliy aholi bo‘lgan ansor sahobalar bilan Madinadan kelgan muhojirlar orasida ziddiyatlar ham bo‘lib turgan. Makkalik muhojir qabilalar orasida ham tortishuv va nizolar sodir bo‘lar edi. Madinalik hukmron qabilalardan hisoblangan Avs va Xazraj qabilalari orasidagi ziddiyatlar uzoq o‘tmishga taqalar edi. Shuning uchun ham yangi islom jamiyati a'zolari bo‘lmish ansor va muhojir sahobalarni o‘zaro do‘stlik va hamjixatlik ruhida birlashtirish zaruriyati tug‘ildi. Buning ustiga kun tartibida aholining ma'lum qismini tashkil qiladigan Madina yahudiylari masalasi ham mavjud bo‘lib, ularni ham o‘z diniy e'tiqodlari, boshqaruv tizimi, qal'a va qurol-aslahalari yetarli bo‘lgan. Madinaning ichi va tashqarisida esa ekin yerlari va savdo ishlari ham bor edi.
MAXDUMI A'ZAM IJODIDA AXLOQIY QARASHLARNING AKS ETISHI
Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan davlat mustaqilligini abadiy saqlab qolish yo‘lidagi asosiy tadrijiy masalalardan biri, tarixga nazar, Ya'ni ajdodlarning muqaddas xotiralari hamda bebaho meroslarini qayta tiklash va ta'limga bo‘lgan e'tiborni yuksaltirishdan iborat deb belgiladilar. Shu jumladan, 1992-1994 va 1997 yillar davomida Ta'lim to‘g‘risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi joriy qilindi.
“Ekstremistik g‘oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (uchinchi qism)
Musulmonlarning musulmon bo‘lmaganlar bilan hamjihat bo‘lib yashashida nabaviy sunnatning tutgan o‘rni
Islom jamiyati har ikki diyonat vakillari orasida, ularni diniy va etnik ziddiyatlaridan qat'i nazar, o‘zaro tenglik va e'iqod erkinligi bo‘lmish mustahkam asosni barpo qildi. Jamiyat azolari orasida zarur bo‘ladigan umummanfaat va mushtarak maqsadlarni joriy qildi.
Bularga amaliy misol qilib Rasululoh sollalohu alayhi vasallamning, hatto g‘ayridin bo‘lsa-da, qushnini hurmat qilish va ularga yaxshilik ulashishga qaratilgan ko‘rsatmalarini keltirish mumkin.
Mazkur amaliy dastur quyidagi davr bosqichlariga bo‘linadi;
Domla Hindistoniyning hayot qissasi
Hayot sahifasi (so‘zboshi o‘rnida)
Mavlono mulla Muhammadjon Hindistoniyning ushbu o‘z tillaridan yozib olingan tarjimai hollarini o‘qir ekanman, beixtiyor: «Inson boshi toshdan ham qattiq. Ammo odam boshi soy tubidagi toshdek chidab qoladi», degan o‘y xayolimda takrorlandi. Ha, Xudo g‘olib qilaman desa, odam – g‘olib! Uni hech narsa, hech qanday azob-uqubat, hech qanday qiyinchilik yengolmaydi.




















