O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ikki qush yoki azon mo‘jizasi! (hayot kechinmalardan)

 
 

Bismillaxir rahmanir rohim. Allohga shukrlar bo‘lsinki, jome' masjidimizga azon aytish baxtiga muyassar bo‘lganman. Bir kuni juma namozi oldidan. Azon aytmoqchi bo‘lib, ovoz kuchaytirgichni yoqsam, u ishlamadi. Shunda tashqariga masjid ayvonida avonni aytishga taraddudlandim. Masjid hovlisiga ekilgan tut daraxtida ikkita maynaqush tinmay chug‘urlashardi.

Men “Bismillahir rohmanir rohim” deb azonni boshlaganimda qushlar sayrashdan to‘xtadi, va tumshuqlari bilan qibla tomonga yuzlanib bir shohga yonma-yon turib olishdi. Toki azonni aytib bo‘lganimcha qushlar qimirlamadi.  Azon aytib bo‘lingach duo qilib namozga shoshildim. Bu mo‘jizani bezosita kuzatganim uchun Allohga shukrlar aytdim.

 

Duvlayev G‘ulom - Kattaqo‘rg‘on tumani “Qirovul” masjidi mutavallisi


Kiritilgan vaqti: 19/09/2020 10:51;   Ko‘rilganligi: 738
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ikki-qush-yoki-azon-mojizasi-hayot-kechinmalardan
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 20:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing