Ramazon muborak bo‘lsin!
Alloh taologa beadad hamdu sanolar, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam ga cheksiz salovatu salomlar bo‘lsin.
Alloh taologa shukurlar bo‘lsinki, bizni yana hatmi Qur'on, taroveh oyi bo‘lmish muborak Ramazonga yetkazdi. Alloh taolo marhamat qilganidek:
Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib, Qur'on nozil qilingan. (Bakara surasi 185-oyat).
TAVHIDNI UCHGA BO‘LIB TALQIN QILISH – BID'AT!
Ahli sunna ulamolari ayrim kimsalarning tavhidni uchga bo‘lib talqin qilishlarini botil va qoralangan bid'atdir, deydilar. Chunki Qur'oni karimda ham, hadisi sharifda ham, salafi solihlardan hech birining, shuningdek, e'tiborli ulamolarning tilida ham bu narsa zikr etilmagan. Shubhasiz, bu ish bid'at bo‘lib, zamonamizning mushabbihalari[1] tomonidan o‘ylab topilgan. Ular bid'atga qarshi kurashishni da'vo qilsalar-da, tavhidni uchga: uluhiya, rububiya va sifotiyaga bo‘lib talqin qiladilar. Ularning bu taqsimlari asossiz ekaniga dalil shuki, Payg‘ambar alayhissalom: “Insonlar “Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Allohning payg‘ambaridir”, deb shohidlik bermagunlaricha, ular bilan jang qilishga buyurildim”, deganlar. U zot bu o‘rinda Allohni tavhidning uch qismiga ko‘ra yagona deb e'tiqod qilmagunlarigacha, demadilar. Mazkur hadis mutavotir[2] bo‘lib, uni Payg‘ambar alayhissalomdan bir guruh sahobalar, jumladan jannat bashorati berilgan o‘n nafar sahoba ham rivoyat qilgan. Imom Buxoriy uni o‘zining “al-Jomi' as-sahih” asarida ham keltirgan.
[1] Xudoni odamga o‘xshatib tasvirlaydigan ta'limot vakillari.
[2] Odatda, yolg‘onga yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan rostgo‘yligi e'tirof etilgan darajadagi ko‘pchilik kishilarning boshdan oxirigacha o‘zlari kabi kishilardan naql qilgan rivoyati.
Kim Allohga tavakkul qilsa, Allohning O‘zi unga yetarlidir
Allohu taolo hazratlari Qur'oni Karimda, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hadisi shariflarda bildirgan va bizning ibodatlarimizda uchraydigan bir guruh muborak kalimalar bordir. Bu kalimalar ham Allohga e'tiqod masalasida nihoyatda chuqur ma'nolarga ega.
“Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari
Madaniyat deganda xalqimiz azal azaldan e'zozlab, avaylab kelayotgan milliy va diniy qadriyatlarimiz bevosita xayolimizga keladi. Erkaklarimizning mardligi, oilasiga sodiqligi, oilasi, vatani, dinu diyonati uchun jon jaxdi bilan kurashishligi, mushtipar ayollarimizning o‘z odob-axloqlari, hayolari oilasi va farzandlari uchun jon kuydirganliklari natijasida dunyoni lol qoldirgan buyuk bobokalonlarimiz dunyoga kelganlarini tarixdan yaxshi bilamiz.
Terrorizm va ekstremizm yoshlarimiz kelajagiga tahdiddir
Bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirmoqda. Mazkur hududlarda go‘yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi. Ushbu holat davlatning katta yoki kichikligi, dini va millatidan qat'iy nazar, tinchlik va barqarorlik naqadar aziz ne'mat ekanini yana bir bor isbotlab bermoqda.So‘nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta'sir doirasiga olish, “hujralar” tashkil etish, din niqobidagi ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko‘rinishda tarqatish, internet orqali targ‘ibot o‘tkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Ayniqsa, internet tarmog‘ida o‘zini “Islom davlati” (ISHID), “Jabhat al-Nusra” deb atab olgan terroristik tashkilotlar go‘yoki islom ravnaqi yo‘lida kurashayotgan “mujohid birodarlar guruhi” ekani haqidagi targ‘ibot-tashviqot keng ko‘lamda olib borilayotgani, buning oqibatida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan musulmon yoshlar “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etib da'vosida Suriya va Iroq hududiga borib, ushbu guruh safiga borib qo‘shilayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Gunohi kabira – bachchavozlik
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Alloh azza va jalla O‘zining ulug‘ kitobida Lut alayhissalom qavmi haqidagi qissani bir necha o‘rinda eslatib o‘tgan. Jumladan aytadi: «Endi qachonki Bizning farmonimiz (ya'ni, azobimiz) kelganida, u joylarni ostin-ustin qilib yubordik va ularning (kofirlarning) ustiga Parvardigoringiz dargohida belgilab qo‘yilgan sopol toshlarni paydar-pay yog‘dirdik. U joylar bu zolimlardan (Makka mushriklaridan) yiroq emasdir» (Hud surasi, 82–83).
Nishonga urilgan gaplar: Bilmaydiganlar jim tursa, odamlar orasida kelishmovchiliklar bo‘lmas edi
Taroq aslida sochni tartibga solish uchun ishlatiladi-yu, ammo shu bilan birga u sochlarning ba'zilarini joyidan yulib tushiradi.
Ibn Sino
***
MEHR ZARURMI?
Hikoya qilishlaricha, qadim zamonlarda barcha his-tuyg‘ular bir orolga dam olish uchun otlanishibdi. Ular yaxshi dam olisharkan, orolda kutilmagan xabar tarqalibdi:
Amirlar taxtga o‘tirishdan oldin Buxorodagi qaysi avliyo qabrini ziyorat qilgan?
Vatanimiz tarixidagi 2 mart sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.
Keling, avval “hasad nima?” degan savolga javob beraylik.
“Hasad” lug‘atda “biror narsani terisini shilmoq yoki qirmoq” degan ma'noni bildiradi. Uning istilohiy ma'nosi haqida ulamolar shunday deydilar:
“Hasad - birovga yetgan ne'matga rashk bilan qarash va o‘sha ne'matning o‘z sohibdan ketib, hasadchiga yetib kelishini qattiq xohlash”.




















