O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Gunohi kabira – bachchavozlik

 
 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh azza va jalla O‘zining ulug‘ kitobida Lut alayhissalom qavmi haqidagi qissani bir necha o‘rinda eslatib o‘tgan. Jumladan aytadi: «Endi qachonki Bizning farmonimiz (ya'ni, azobimiz) kelganida, u joylarni ostin-ustin qilib yubordik va ularning (kofirlarning) ustiga Parvardigoringiz dargohida belgilab qo‘yilgan sopol toshlarni paydar-pay yog‘dirdik. U joylar bu zolimlardan (Makka mushriklaridan) yiroq emasdir» (Hud surasi, 82–83).

Islom ummatining zolimlari ham ularning «hunari»ni takrorlasalar, ular kabi jazolanishlari hech gap emas. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytgan edilarki: «Ummatim xususida qo‘rqqan narsalarimning eng qo‘rqinchlirog‘i Lut qavmining amalidir» (Ibn Moja rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda esa: «Lut qavmi amalini qilgan kimsani Alloh la'natlasin», deb uch bora takrorlaganlar (Ibn Hibbon rivoyati).

Yana bir hadisda: «Lut qavmi amalini qiladigan kimsalarni uchratsangiz, qiluvchini ham, qildiruvchini ham o‘ldiringlar», deyilgan (Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Bachchavozlarni Lut qavmi jazolagani singari, qishloqdagi eng baland binodan uloqtiriladi. So‘ng ustlaridan tosh yog‘diriladi».

Alloh taolo payg‘ambari Lut alayhissalomning qavmi bilan munozara qilgani haqida xabar berib, shunday deydi: «Sizlar butun olamlardan (ajrab – hech bir jonzot qilmagan ishni qilib, ayollarga uylanish o‘rniga) erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Va Parvardigoringiz sizlar uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilurmisizlar?! Yo‘q, sizlar haddan oshguvchi qavmdirsizlar» (Shuaro surasi, 165–166).

Sizlar hech bir jonzot qilmaydigan ishni qilib, ya'ni ayollarni qo‘yib erkaklarga yaqinlik qilish bilan insoniylik chegarasidan chiqib, hayvon darajasiga tushib qoldinglar. Hattoki, hayvon ham bu ishdan jirkanadi. Sizlar hayvonlardan ham tuban, yaramas kimsalarsiz.

«...va uni nopokliklar qiluvchi bo‘lgan qishloq (ahli)dan najot berdik. Darhaqiqat, ular yomon buzuq qavm edilar» (Anbiyo surasi, 74).

Qishloqlarining nomi «Sadum» bo‘lib, ular Alloh taolo O‘z kitobida zikr qilganidek nopok ishlar bilan mashg‘ul bo‘lardilar. Ular butun mavjudotlar ichida hech bir jonzot qilmagan ishni qilib, erkaklarning orqasiga yaqinlik qilar va boshqa munkar ishlarni amalga oshirar edilar.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytgan ekanlar: «O‘nta xislat Lut qavmi amallaridandir: sochni silliq qilib tarash, tugmalarni qadamay yurish, yong‘oq otish, mayda tosh otish, kaptar uchirib o‘ynash, barmoqlar bilan hushtak chalish, bo‘g‘imlarni qirsillatish, izor (ishton)ni uzun qilib sudrab yurish, ustki kiyimlar (chakmon)ning orqasini kesish, mast qiluvchi ichimliklar ichishga mukkasidan ketish va erkaklarga yaqinlik qilish».

Rivoyat qilishlaricha, to‘rt toifa odamlar Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan holda tong orttirib, Allohning qahrini keltirgan holda kunni kech qiladilar: O‘zlarini erkaklarga o‘xshatuvchi ayollar, o‘zlarini ayollarga o‘xshatuvchi erkaklar, hayvonga yaqinlik qiluvchi kimsa va erkaklarga yaqinlik qiluvchi kimsa.

Rivoyat qilishlaricha, agar bir erkak boshqabir erkakning ustiga chiqsa, Arsh Alloh taoloning g‘azabidan qo‘rqqanidan titrab ketadi. Osmonlar ham yerga qulab tushishiga bir bahya qoladi. Shunda farishtalar osmonning har tarafidan tutib: «Qul huvallohu ahad»ni oxirigicha o‘qiydilar. Shundagina, Alloh azza va jallaning g‘azabi bosiladi.

Asarlardan birida kelganki, yetti toifa odamlarga Alloh qiyomat kunida qaramaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi, butun olamlar (barcha mavjudotlar) bilan birga to‘plamaydi va ularni do‘zaxga birinchilar qatorida kirgizadi. Agar tavba qilsalar, bu uqubatlardan xalos bo‘ladilar. Zero, kimki tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. (Ular: qo‘liga aloqa qiluvchi va qildiruvchi, mast qiluvchi narsalarga mukkasidan ketgan kimsa, ota-onasiga qo‘l ko‘taruvchi, hattoki ular uning dastidan dod deydilar, qo‘shnilariga ozor beruvchi, hattoki uni odamlar la'natlaydilar va qo‘shnisining xotini bilan aloqa qiluvchi kimsa).

Rivoyat qilishlaricha, qiyomat kunida bir toifa odamlar zinodan qo‘llari homilador bo‘lgan holda tiriladilar. Ular bu dunyoda olatlarini o‘ynagan bo‘ladilar.

Yana bir rivoyatda keladiki, quyidagilar Lut alayhissalom qavmi amallaridandir: narda o‘ynash, kaptar uchirib musobaqa qilish, it urishtirish, qo‘chqor suzishtirish, xo‘roz urishtirish, hammomga lungisiz kirish, o‘lchov va tarozidan urib qolish. Bu ishlardan birontasini qilgan kimsaga vayl bo‘lsin.

Ibn Abbos roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Agar bachchavoz tavba qilmay o‘lsa, qabrda to‘ng‘izga aylanadi».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Erkak yoki ayolning orqasiga yaqinlik qilgan kimsaga Alloh azza va jalla qaramaydi» (Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati).

Abu Said Sa'lukiy aytgan ekanlar: «Yaqinda bu ummatda «bachchavoz» degan qavm paydo bo‘ladi. Ular uch toifa bo‘lib, bir toifasi qaraydigan, boshqa toifasi qo‘l ushlaydigan, uchinchi toifasi mana shu ishni qiladigan bo‘ladi».

Ayol va o‘spiringa shahvat bilan qarash ham zinodir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Odam farzandiga zinodan bo‘lgan nasibasi bitilgan bo‘lib, u bu nasibasiga, shak-shubhasiz yetishguvchidir: ikki ko‘zning zinosi – qarash, ikki quloqning zinosi – eshitish, tilning zinosi – so‘zlash, qo‘lning zinosi – ushlash, oyoqning zinosi – yurib borish, qalb – xohlaydi, farj esa buni tasdiqlaydi yoki inkor etadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati).

Shu sababli ham solih zotlar o‘spirinlarga qarash, ular bilan aralashib yurish va birga o‘tirishdan qattiq saqlanganlar.

Hasan ibn Zakvon aytganlarki: «Boylarning bolalari bilan majlis qurmanglar (birga o‘tirmanglar). Zero, ular bokira ko‘rinishga ega bo‘lib, ayollarga qaraganda fitnakorroqdirlar».

Tobe'inlardan biri aytgan ekan: «Mening nazdimda taqvodor yigit uchun yirtqich hayvondan ko‘ra yosh o‘spirin xatarliroq». Ba'zilar: «Erkak kishi o‘spirin bilan hech qachon bir joyda tunamasin», degan ekanlar.

Ayrim ulamolar o‘spirinlarni ayollarga qiyos qilib, ular bilan uy, do‘kon yoki hammomda holi qolishni harom deb hisoblaganlar. Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan edilarki: «Birontangiz mahrami hozir bo‘lmagan ayol bilan xoli qolmangiz» (Muttafaqun alayh).

Xabarlardan aytilishicha, nazar – zinoning elchisidir.

Nazar iblisning zaharli paykonlaridan bir paykon bo‘lib, kimki uni Alloh uchun tark etsa, unga shunday ibodatni beradiki, u qalbida ibodat halovatini tuyadi.

Islom ummati qo‘li bilan shu nopok ishni qilgan kimsa ham bachchavoz, gunohkor bo‘lishiga ijmo' qilgan.

 

Fasl

Xolid ibn Valid chekka arab yerlarida ayol singari erga tegadigan bir kishini uchratganini Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga xabar qildi. Abu Bakr roziyallohu anhu maslahatlashish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ashoblarini to‘pladilar. Shunda Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Bu gunohni faqatgina bir ummat sodir etgan. Alloh ularni qanday jazolaganini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Uni yoqib yuborish kerak, deb o‘ylayman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ashoblari bu fikrni ma'qulladilar. Abu Bakr roziyallohu anhu uni yoqib yuborishni buyurdilar» (Bayhaqiy rivoyati).

Ali roziyallohu anhu aytgan ekanlar: «Kimki xohish bilan o‘ziga yaqinlik qilishlariga imkon bersa, Alloh unga ayollar shahvatini tashlaydi va uni qabrida qiyomat kunigacha toshbo‘ron qilib haydalgan shaytonga aylantirib qo‘yadi».

Rivoyat qilishlaricha, Iso ibn Maryam alayhissalom sayohatlari davomida olovda kuyayotgan bir kishini ko‘rib qoldi. Iso alayhissalom suv olib olovni o‘chirmoqchi bo‘lganlarida olov bolaga, kishi esa olovga aylanib qoldi. Bundan hayratlangan Iso alayhissalom: «Ey Rabbim, ularni dunyodagi holiga qaytar, toki ularga nima bo‘lganini so‘rab olayin», deb duo qildilar. Alloh taolo ularni tiriltirdi. Ular bir kishi va bir bola ekan.

Iso alayhissalom ulardan: «Sizlar nima qilgansizlar?» deb so‘ragan edilar, haligi kishi: «Ey Ruhulloh, men dunyoda bu bolaga oshiqu beqaror bo‘lganman. Shahvatim qo‘zib, u bilan buzuqlik qilganman. Ikkimiz ham o‘lganimizdan beri bir safar bola olovga aylanib meni kuydiradi, bir safar men olovga aylanib bolani kuydiraman. Qiyomat kuniga qadar biz shunday azoblanamiz», deya javob berdi. Allohning O‘zi azobiga duchor bo‘lishimizdan saqlasin. U zotdan afv va ofiyat hamda O‘zi rozi bo‘ladigan, yaxshi ko‘radigan amallarga muvaffaq etishini so‘raymiz.

 

Fasl

Ayolning orqasiga yaqinlik qilish ham bachchavozlik hisoblanib, bu ish Alloh va Rasuli harom qilgan amallardandir.

Alloh azza va jalla aytgan: «Xotinlaringiz sizlar uchun ekinzordir. Bas, ekinzoringizga xohlagan holatingizda yaqinlashavering» (Baqara surasi, 223).

Ya'ni, xohlasangiz old tarafdan, xohlasangiz orqa tarafdan, faqat bir o‘ringa – farjga. Zero, u ziroatgoh, urug‘lik tashlaydigan o‘rin hisoblanadi. Orqa esa najosat o‘rnidir. Orqaga yaqinlik qilish nopok, jirkanchli ishdir.

Mazkur oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagichadir: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam zamonlaridagi yahudiylar: «Agar er xotinining oldiga orqa tomonidan yaqinlik qilsa, bola g‘ilay bo‘ladi», deyishar edi. Bu oyat ularning da'volarini inkor qilib tushgan. «Xotinlaringiz ziroatgohingizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan holatingizda yaqinlashavering». Xohlasa yuz tuban yotib, xohlasa yuz tuban yotmay, biroq bu ish bir o‘ringa qilinishi lozim» (Muslim rivoyati).

Bir rivoyatda: «Orqaga va hayz ko‘rayotganga yaqinlik qilishdan saqlaninglar», deyilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xotinining orqasiga yaqinlik qilgan kimsa mal'undir», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Ayollarning orqalariga yaqinlik qiladigan kimsalarni Alloh la'natlasin» (Tabaroniy rivoyati).

Ko‘pgina johillar bu gunohni sodir etadilar. Bu ularning bilimining kamligi va ilmni tinglamasliklari natijasidir. Shu sababli ham, Abu Dardo roziyallohu anhu: «Olim yoki ta'lim oluvchi yoki quloq soluvchi yoxud yaxshi ko‘ruvchi bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, aks holda halok bo‘lasan», deganlar. Bu beshinchi bilmaydigan, ta'lim olmaydigan, tinglamaydigan va amal qiladiganlarni yaxshi ko‘rmaydigan kimsadir. Har bir banda barcha gunohu xatolari uchun Allohga tavba qilishi, ilgari bilmasdan qilgan gunohlarini afv etishini Allohdan astoydil so‘rashi va qolgan umrining ofiyatli bo‘lishini tilashi lozim. Ey Allohim, biz Sendan din va dunyoyu oxiratda afvu ofiyat tilaymiz. Albatta, Sen rahmlilarning rahmlirog‘idirsan.

 «Gunohi kabiralar» kitobidan


Kiritilgan vaqti: 30/03/2021 08:32;   Ko‘rilganligi: 2113
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/gunohi-kabira-bachchavozlik
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 04:48
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing