MEHR ZARURMI?
Hikoya qilishlaricha, qadim zamonlarda barcha his-tuyg‘ular bir orolga dam olish uchun otlanishibdi. Ular yaxshi dam olisharkan, orolda kutilmagan xabar tarqalibdi:
To‘fon yaqinlashayotgan emish...! va darhol barchaga orolni tark etish tavsiya qilinibdi. Bu qo‘qqis xabar barchani shoshirib quyib, hamma qayiqlarga shoshilishibdi. Hatto, shikastlangan qayiklar ham tuzatilib ishga solinibdi.
Faqat Mehr ketishni istamasmish. Uning hali qiladigan ishlari bor ekan. Osmonda qora bulutlar suza boshlagach, u ham ketishi kerakligini tushunib yetibdi.
Baxtga qarshi, qayiqlarda bo‘sh joy kolmagan edi. Mehr atrofga ilinj bilan alanglabdi. Shu payt Boylik qayiqda o‘tib qolibdi. "Meni qayig‘ingizga oling, Boylik", - deb iltimos qilibdi Mehr.
"Yo‘q, - deya javob beribdi Boylik - qayig‘im kimmatbaho narsalar - oltin va kumushga to‘la. Senga joy yo‘q".
Birozdan keyin Manmanlik o‘tibdi. Mehp unga: "Menga yordam bering, Manmanlik! Bir o‘zim qolib ketdim, meni o‘zingiz bilan olib keting"- deb qichqiribdi.
"Yuq, ololmayman. Qayig‘im kir oyoqlaring tufayli bulg‘anishini istamayman!"- deb javob qilibdi Manmanlik.
So‘ng Afsus o‘tibdi. Mehr undan ham madad so‘rabdi. Lekin ijobiy javob olmabdi: "Ololmayman. Men xafaman. Yakka o‘zim qolishni hohlayman".
Keyin Quvonch o‘tibdi. Mehr yana yordam so‘rab murojaat qilibdi. Biroq Quvonch shu qadar xursand ekan-ki, atrofga qarab, birovlarning g‘amini yeyolmas ekan.
Mehr tobora holdan toyib, umidsizlanib borardi. Shu on birov uni chaqiribdi: “Ey Mehr kel, men seni olib ketaman". Mehr kim bu qadar olijanoblik qilganiga hayron bo‘lib, qayiqqa sakrab chiqib olibdi va ko‘ngli xotirjam tortibdi.
Qayiqda o‘tirgach, Mehrning ko‘zi Ilmga tushibdi. U hayratini yashirolmay, qiziqib so‘rabdi: “Hech kim meni qayig‘iga olishni istamayotgan paytda kim meni mardlik qilib olib ketishga rozi bo‘ldi?”.
U Vaqt edi, - deb jilmaygancha javob beribdi Ilm.
Nega Vaqt meni qayig‘iga olib, xavfsizligimni ta'minladi?
Chunki faqat Vaqtgina sening buyukliging va nimalarga qodirligingni biladi. Faqat Mehr xotirjamlik va kuvonch olib keladi - deb tabassum bilan javob qilibdi Ilm.
Ha, farovonlikda mehrni kadrlamaymiz. Obro‘imiz borida ham mehr haqida unutamiz. Hatto quvonch va g‘amda ham mehr yodimizdan kutariladi. Faqat vaqt o‘tishi bilangina mehrning muhimligini anglab yetamiz.
Shunday ekan, mehrni hayotimizning bir parchasiga aylantiraylik!
TEMIROV HASAN O‘MI Samarqand viloyat vakilligi xodimi (Manbalar asosida)
Kiritilgan vaqti: 10/03/2021 15:17; Ko‘rilganligi: 1088
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 08:03