Ekstremizm va terrorizmning jamiyat barqarorligiga tahdidi.
Dunyoda osoyishta muhitni izdan chiqarishga qaratilgan vayronkor g‘oyalarning yangidan yangi shakllari paydo bo‘layotgani har daqiqa ogoh bo‘lishni talab qiladi.
AL-FIQH AL-AKBAR IMOM ABU HANIFAGA TEGISHLI EMASMI?
Ahmad ibn Taymiyaning izdoshlari bo‘lmish “salafiy”lar tarafdan ahli sunna val-jamoa aqidasida yozilgan mashhur matn al-Fiqh al-akbar asarini imom A'zam Abu Hanifaga tegishli emas degan iddao ilgari suriladi. Salafiy imom Alboniyga ayni shu mavzuda savol berishadi. U “imom Abu Hanifaning aqidagi doir hech qanday asari yo‘q” deb javob bergan (“Hidoyat va Nur” turkum ko‘rsatuvlari. 52-son).
BUGUNGI BUZG‘UNCHI OQIMLARNING ASOSIY DASTAK QILIB USHLAGAN NARSASI NIMA?
Islom dinida tinchlikka va kishilarning osoyishtaligiga rahna soladigan barcha ishlar buzg‘unchilik-fasod ishlardan sanaladi. Qur'oni Karimning Baqara surasi 205-oyatida "Va holbuki, Alloh fasodni xush ko‘rmas" deyilgan.
Terrorchilik va aqidaparastlik begunoh odamlarning qoni to‘kilishiga olib keladi. Muqaddas Islom dinimizda bunday ishlar qat'iy man etilib, Qur'onda "Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgan bo‘ladi" (Moida, 32) deya qat'iy qoralangan.
Ekstremizm va terrorizm jamiyat tahdidi
Bizga ma'lumki, bugungi kunda musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirmoqdalar. Mazkur hududlarda din niqobi ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, buzg‘unchilik, musulmonchilikka zid, vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi.
Qaynona – kelin ahilligi oila tinchligi demakdir
Boshqa millat vakillarining ko‘pchiligi biz o‘zbeklarning oilaviy hayotimizga, ya'ni, qarindosh urug‘larning bir-birlariga bo‘lgan silai-rahmlariga va bizdagi odatlar, to‘y-marosimlarimizga havas bilan qaraydilar.
Iqtisodiy sohadagi yutuqlarimiz - Vatan ravnaqining asosi
Insonlarning ma'naviy hayoti qanchalik yaxshi bo‘lishi barobarida iqtisodiy tomondan ham barkamol bo‘lishini dinimizda keng targ‘ib qilingan. Jumladan, xaloldan rizq talab qilish, ehtiyojmand kishilarga beminnat moddiy yordam berish, haj, zakot, sadaqai joriya va boshqa ko‘plab moliyaviy amallar ibodat hisoblanib, katta ajru savoblar beriladi.
OHOD HADISLARNING AQIDA VA FIQH ILMLARIDA ROLI
Ohod hadislar va ularning hujjat bo‘lish-bo‘lmasligiga aloqador bahsli masalalar musulmonlar orasida turlicha shaklu shamoilda namoyon bo‘lib turgan. Fiqhiy masalalarda ohod hadisning hujjatligi masalasi deyarli o‘rtaga tashlanmaydi. Ohod hadislar fiqhiy masalalarda bo‘lganidek ba'zi shartlar va hukmdagi farqlarga ko‘ra aqidaviy masalalarda ham hujjat bo‘lishi haqiqatga yaqinroq bo‘lishiga qaramay, bu mavzu ko‘p bahsli munozaralarga sabab bo‘lgan.
Qusam ibn Abbos roziyallohu anhumoning hayotlari
Alloh nazari tushgan bu jonajon yurtimiz O‘zbekiston tuprog‘ida necha-necha buyuk shaxslar, olimu-allomalar, muhaddisu-mufassirlar bor, necha-necha tabarruk ziyoratgohlar mavjud. Lekin diyorimizda sharaf jihatdan eng ulug‘ zot Qusam ibn Abbos (roziyallohu anhumo) hisoblanadilar, eng tabarruk ziyoratgoh esa shubhasiz Qusam ibn Abbos qo‘nim topgan joy joylari Shohizinda ziyoratgohi hisoblanadi.
Hatrati Qusam ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Payg‘ambarimiz bilan nasabdosh hisoblanadilar. Bu zotning kunyalari, ismlari va nasablari haqida Najmuddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy o‘zlarining “Al-qand fi zikri ulamoi Samarqand” (“Samarqand ulamolari haqida qanddek shirin kitob”) asarida bunday keltiradilar:
Bid'at va xurofot-xayrli amallarimiz kushandasi
Olamlar parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar, taqvodorlar peshvosi sayyidimiz Muhammad s.a.v ga salovot va salomlar bo‘lsin.
Katta va kichik gunohlarimiz orasida qo‘shilib, ongimizga singib ketgan bid'at-xurofot xaqida so‘z yuritmoqchiman.
Avvalo bid'at — Payg‘ambar alayhissalomdan keyin odamlar tomonidan dinga kiritilgan yangiliklardir.
ULAMOLARNING TASHRIFI AHOLIGA ISHONCH, HUDUDLARGA FAYZ BAG‘ISHLAMOQDA
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyeyov tashabbusi bilan barcha sohalar qatori diniy-ma'rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, avvalo, aholining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirishga, ularning turmushdan rozi bo‘lib, shukronalik hissi bilan yashashga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bu tashriflar yurtdoshlarimizni shu yurt ravnaqiga hissa qo‘shishga, ularda Vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishga undamoqda.




















