O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Iqtisodiy sohadagi yutuqlarimiz - Vatan ravnaqining asosi

 
 

Insonlarning ma'naviy hayoti qanchalik yaxshi bo‘lishi barobarida iqtisodiy tomondan ham barkamol bo‘lishini dinimizda keng targ‘ib qilingan. Jumladan, xaloldan rizq talab qilish, ehtiyojmand kishilarga beminnat moddiy yordam berish, haj, zakot, sadaqai joriya va boshqa ko‘plab moliyaviy amallar ibodat hisoblanib, katta ajru savoblar beriladi.

Keyingi besh yilda yurimizda iqtisodiyot sohasida amalga oshrilgan ishlar alohida e'tiborga molik bo‘lib, buning shukronasi har bir yurtdoshimizga vojib hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kambag‘allikni tugatish, har bir oilani tadbirkorlikka yo‘naltirish, chet el va mahalliy investrlarni bu ishga jalb qilish orqali bu ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida qabul qilgan bir qator qaror va farmonlari ijrosi bugungi kunda joylardagi har bir yurtdoshimizning hayotida o‘z aksini topmoqda. Mahallalarda temir daftar, ayollar daftari va yoshlar daftari ochilishi orqali aholining iqtisodiy qiynalgan qatlami aniqlanib, ularga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ishlab chiqarish, agror soha, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa shu kabi sohalarga keng yo‘l ochish orqali mazkur daftarlarga kiritilgan fuqorolarni bandligi ta'minlanmoqda. Mutaxassislar ommaviy axborot vositalarida, O‘zbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini keyingi yuz yil ichida qilinmagan deb baholamoqdalar. O‘z navbatida muqaddas Islom dini ta'limotlaridan kelib chiqib, biz ham yurtdoshlarmizni, xususan, yoshlarni Vatanimiz ravnaqi yo‘lida, Alloh taolo bergan bilim, g‘ayrat va iste'dodlarini sarflashlari ayni savob ishlardan ekanligini eslatib, shunga targ‘ib etamiz.

 

Xolmuxammad SALIMOV Urgut tumani "Mang‘itobod" jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 05/07/2021 16:51;   Ko‘rilganligi: 499
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/iqtisodiy-sohadagi-yutuqlarimiz-vatan-ravnaqining-asosi
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 21:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing