O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Ekstremizm va terrorizm jamiyat tahdidi

 
 

Bizga ma'lumki, bugungi kunda musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirmoqdalar. Mazkur hududlarda din niqobi ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, buzg‘unchilik, musulmonchilikka zid, vahshiyliklarga asoslangan amallarga qo‘l urayotgan turli guruh va jamoalar urchib ketdi.

So‘nggi yillarda aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta'sir doirasiga olish, ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko‘rinishda tarqatish, internet orqali targ‘ibot o‘tkazish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Terroristik tashkilotlar, ayniqsa, internet tarmog‘ida go‘yoki islom ravnaqi yo‘lida kurashayotgan “mujohid birodarlar guruhi” ekani haqida targ‘ibot-tashviqot olib borayotgani, buning oqibatida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan musulmon yoshlar aldanib “hijrat” qilish va “jihod”da ishtirok etish da'vosida Yaqin Sharq mamlakatlari hududiga borib, ushbu guruhlar safiga qo‘shilayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.

Yana e'tibor berish lozim bo‘lgan bir holat, ekstemistlar o‘zlariga ergashmagan barcha musulmonlarni “kofir”ga chiqarmoqdalar. Zero, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam “La ilaha illalloh, Muhammadur rasululloh” deb turgan shaxsni kofirga chiqarish xatarini bir qancha hadisi shariflarida baѐn qilganlar. Jumladan: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Uch narsa imonning aslidandir: “La ilaha illalloh” degan kimsaga tegmaslik, uni gunohi tufayli kofir demaymiz, amali tufayli Islomdan chiqarmaymiz” (Imom Abu Dovud rivoyatlari).

Yana bir hadisi sharifda: “Kim mo‘min kishini kofirga chiqarsa, uni o‘ldirgandek gunohkor bo‘ladi” (Imom Buxoriy rivoyatlari)deganlar. Hozir butun dunyo ulamolari terrorchi va ekstremistik guruhlarning islomga umuman aloqasi yo‘q ekani haqida fatvo bermokdalar

N.Abdumannonov Samarqand shahar “Damariq” masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 06/07/2021 17:19;   Ko‘rilganligi: 549
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/ekstremizm-va-terrorizm-jamiyat-tahdidi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 17:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing