Farzand tarbiyasida oilaning o‘rni qanchalik muhim?
Oila-jamiyat poydevori. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, biz yashab turgan mahalladan shakllanadi. Yurtimizning ertangi kuni, tinch va osoyishta hamda obod bo‘lishi eng avvalo mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan farzandlarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi, ertangi kuni tinch va osoyishta bo‘ladi.
Mavzu' hadislar: hadis to‘qish past va yaramas ishdir!
- Mavzu' arabcha (الموضوع) shaklida bo‘lib, lug‘atda – qo‘yilgan, to‘qilgan, darajasi past bo‘lgan ma'nolarini anglatadi.
Istelohda esa, to‘qilgan yolg‘on bo‘lib, sun'iy ravishda keltirilgan va Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga nisbat berilgan xabardir. Bunday narsaning “mavzu'” deb nomlanishining sababi shuki, kim shu ishni qilsa, martabasi albatta pasayadi. Bu narsaning o‘zi ham past narsa, yaramas narsa hisoblanadi[1].
Mavzu' hadisning “mavzu'” so‘zi ortidan “hadis” so‘zini ham qo‘shib “mavzu' hadis”, deb aytish haqida ulamolardan turli fikrlar kelgan.
Bog‘iylar kimlar?
Shariatda rahbar va ishboshiga qarshi chiqqanlar “bog‘iylar” deyiladi. Bu so‘z arab tilidan tarjima qilinsa, zulm qiluvchi, dushmanlik qiluvchi, tajovuzkor ma'nolarini anglatadi. Shar'iy ma'nosini ulamolar: “Bog‘iy - biror ta'vil (so‘z yoki fe'ldan ko‘zlangan maxfiy maqsadni o‘z fikri bilan izohlab berish)ga ko‘ra, musulmonlar orasida adolatli boshliqqa qarshi chiquvchi qurolli toifadir”, deya ta'riflaydi.
Yaqinlarimizni xatarli yo‘ldan qaytarish insoniy burchimiz ekanligini unutmaylik
Yurtimizda barcha din vakillari uchun teng sharoitlar yaratilgan. Bu bosh qomusimiz va qonunlarimizda ham o‘z aksini topgan. Ammo, globallashuv, zamonaviy texnologiyalar, axborot va elektronika asri deya nom olgan zamonamizda insoniyat boshiga soya solayotgan terrorizm, ekstremizm, fundamentalizm, giyohvandlik va jinoyatchilik, shuningdek, missionerlik singari sarhad bilmas illatlar, taassufki, bizni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q.
Rahbarga itoat qilish (davomi)
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar:
“Agar sizlarga boshi mayizdek (qora) habash qul boshliq qilinsa ham, unga quloq solinglar va itoat qilinglar”.
E'TIROF – MAS'ULIYATDIR
Yaratganga behisob shukronalarimiz bo‘lsinki, taraqqiyotimizning yangi davrida xalqimiz uchun imkoniyatlar eshigi yanada keng ochilmoqda. Allohning xalqimizga bergan ulug‘ ne'matlari, baxt-saodatning cheki-chagarasi yo‘q. Mamlakatimizda din sohasiga ko‘rsatilayotgan ijobiy ta'sirlar yanada ulkan bo‘lmoqda. Muhtaram Prezidentimiz rahnamoliklari va g‘amxo‘rliklari natijasida mamlakatimizda din sohasi jadal rivojlanib, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘quv yakunlandi
Joriy yilning 3-8 oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, hamda tuman/shahar bosh otinoyilari uchun “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-ma'rifiy soha xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan 36 soatlik malaka oshirish kursini muvafaqqiyatli tugatgan viloyatimizning 18 nafar otinoyilari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Rahbarga itoat qilish
Insonlarning haq-huquqlarini himoya qiladigan, zolimdan mazlumning haqini olib beradigan, ular o‘rtasida adolat qilib, siyosatini o‘tkazadigan bir rahbar bo‘lmasa, jamoatda tartibsizlik, nizolar kelib chiqishi tabiiy. Chunki insonlarning fikri bir joydan chiqmasligi haqiqat. Insonlarning fikrlarini tinglab, yagona tizim asosida boshqaruvchi rahbar bo‘lmasa, fitna-fasod ko‘payib, ular firqalarga bo‘linib ketishadi. Natijada haq-huquqlar poymol qilinadi, kuchlilar zaiflarni xo‘rlaydi, butun bir jamiyat inqirozga yuz tutadi.
YOSHLARIMIZNI TURLI ILLATLARDAN SAQLASH – DAVR TALABI.
Xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni bugungi kun yoshlarining unib, o‘sib, ulg‘ayib hayotga qanday kirib borishlariga chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadigan bizning yurtimizda buning ahamiyati katta. Albatta, yurt taraqqiyotiga xizmat qiladigan yoshlar o‘z-o‘zidan yetishib chiqmaydi. Balki, ularning tarbiyasi, ta'limi bilan shug‘ullanish, ularni ilm olishga qiziqtiradigan sharoitlar yaratish zarur bo‘ladi. Shuningdek, yoshlarni ezgulikdan chalg‘ituvchi yomon illatlardan ham himoya qilmog‘imiz lozimdir.
ISLOM DINI VA MILLIY QADRIYATLARIMIZDA - USTOZLARGA BO‘LGAN MUNOSABAT
“Haqiqatan ham, har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma'noda fidoiy kasb egalaridir.”[1] Shavkat Mirziyoev
Darhaqiqat, ustoz-murabbiylar jamiyat ertangi kunining bunyodkorlaridir. El-yurtning moddiy va ma'naviy taraqqiyoti ustozlarning mehnati va jamiyatning ularga nisbatan nechog‘lik qadrlashiga bevosita bog‘liqdir.
Dinimizda ustoz-muallimlarning o‘rni yuqori baholanadi.




















