O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Rahbarga itoat qilish (davomi)

 
 

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar:

“Agar sizlarga boshi mayizdek (qora) habash qul boshliq qilinsa ham, unga quloq solinglar va itoat qilinglar”.

Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu) aytadi: “Rasulullox (sollalloxu alayxi va sallam) bizni chaqirdilar, u zotga bay'at (va'da) qildik. Jumladan, yaxshi yoki yomon ko‘rgan ishlarimizda, tanglik yo farovon bo‘lgan paytlarimizda ham boshliqlarga quloq solish, itoatli bo‘lish va ular bilan nizolashmaslikni va'da qildik. “Faqat ularda Alloh dalil-hujjatini bildirgan ochiq kufr sodir bulganini ko‘rsangiz, itoat qilmangiz”, dedilar.

Imom Muslim Avf ibn Molik (roziyalloxu anxu)dan ri­voyat qiladi: Rasulullox (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Boshliqlaringizning yaxshirog‘i sizlar yaxshi ko‘rgan va sizlarni ham yaxshi ko‘rib, haqingizga duo qiladigani hamda sizlar ham haqqiga duo qiladiganlaringizdir. Rahbarlaringizning yomonrog‘i sizlar yomon ko‘rgan va sizlarni ham yomon ko‘radigani hamda sizlar ularni la'natlaydigan va ular ham sizlarni la'natlaydiganlaridir”. Sahobalar: “Yo Rasululloh ularga qilich bilan qarshi turmaylikmi?’’ deb so‘rashdi. Shunda Rasulullox (sollallohu alayxi va sallam): “Ibodatda qoim bo‘lishayotgan ekan, unday qilmang. Agar ularda yoqtirmagan biron narsani ko‘rsangiz, o‘shanigina yomon ko‘ring. Lekin itoatli bo‘ling!” dedilar.

Demak, fosiq bo‘lishsa ham, boshliqlarga Allohga gunoh bo‘lmaydigan o‘rinda itoat qilish lozim. Ushbu aqida Ahli sunna val jamoani boshqa yot oqimlardan ajratib turadi. Yot bid'atchi toifalar esa boshliqlari zulm yo gunoh ish qilishsa, ularga qarshi qurol ko‘tarishni joiz, deb biladi.

Imom Tahoviy (rahmatullohi alayh) “Aqidatut Tahoviya” kitobida: “Rahbarlarimiz va ishboshilarimizga qarshi chiqmaymiz. Agar ular zulm qilsalarda, duoyibad qilmaymiz. Mabodo gunoh ishga buyurishmasa, ularga bo‘ysunishni vojib deb bilamiz va haqlariga yaxshilik va ofiyat so‘rab, duo qi- lamiz”, deb yozgan. (Davomi bor)

 “Rasululloh (sollallohu alay va sallam)ning muborak vasiyatlari” kitobidan Zayniddin Eshonqulov tayyorladi.


Kiritilgan vaqti: 13/10/2022 08:10;   Ko‘rilganligi: 834
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/rahbarga-itoat-qilish-davomi
Chop etilgan vaqti: 10/10/2025 04:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing