Musulmonlar har bir ishda ittifoq bo‘ladilar
Ulug‘ bayramlardan biri Qurbon hayiti yaqinlashib kelmoqda. Musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrlaridan buyon bu bayramni orziqib, alohida ahamiyat bilan kutib oladilar. Islomda ikkita muborak bayramlar bo‘lib, ularda yoshu-qari, boyu-kambag‘al jamiyat vakillarining barchalari shodu-xurram bo‘lishib, bir-birlariga xursandchilik izhor qiladilar. Bu ulug‘ bayramlardan biri Ramazon hayiti bo‘lsa, ikkinchisi Qurbon hayitidir. Musulmonlar hamisha orziqib kutadigan ushbu ikki hayit bayramlariga taalluqli bir qancha odoblar bo‘lib, ularga amal qilish bu bayramlardagi xursandchiliklar to‘liq bo‘lishiga va eng muhimi ko‘plab ajru savoblarga ham ega bo‘lishga sabab bo‘ladi.
KELIN BO‘LIB KO‘RMAGAN QAYNONALAR
Alloh taolo insonni tabiatan jamoatchilikda yashashga moyil qilib yaratgan. Inson zoti bu dunyoda yashar ekan, uning o‘ziga o‘xshash insonlar bilan aloqa qilishga hojati tushadi va u siz yashab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham turli insoniy aloqalar mavjud va ularsiz dunyo hayoti obod bo‘lmaydi.
Qurbonlik bu-dunyo molidan voz kecha olishdir
Imomi A'zam mazhabiga ko‘ra qurbonlik kuni hur, muqim, boy musulmon odamga qurbonlik qilish vojibdir. Qurbonlik qilish zakot va fitr sadaqasi kabi moliyaviy ibodat bo‘lib, u Qur'oni karim, hadisi sharif va ijmo' bilan sobit bo‘lgan.
Qurbonlikning vojibligiga dalillar:
Qo‘shnining haqqaga rioya qiling!
Samoviy dinlar ichida qo‘shniga bo‘lgan e'tibor islom dinida alohida ahamiyat kasb etadi. Qo‘shnilar haqqi borasida Payg‘ambar alayhissalom davrlaridan beri eng ko‘p amal qilib kilayotgan millat bu - muslmonlardir. Qo‘shniga qilingan yaxshilik samarasi ularoq Rosululloh s.a.v davrlaridan xozirgacha bir qancha kishilar islomni qabul qilib iymon bilan musharraf bo‘lishdi. Chunki musulmonlar qo‘shnisi kim bo‘lishidan qat'iy nazar ularning haqqini poymol qilmaydi. Ularning haqqida Allohdan qo‘rqadi.
Har qanday gunoh – jinoyat sanaladi
Biz hayotda qilishligimiz man qilingan ishlar qonunlarimiz oldida jinoyat, shariatimiz xukumlarida esa gunoh hisoblanadi-suhbatimiz davomida jinoyat so‘zini-gunoh deb so‘z yuritamiz.
Imom Buxoriyning hadis qabul qilishdagi shartlari
Ma'lumki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarini jamlash va kitob holiga keltirish ishlari, U kishining zamonlaridan keyin xalifa Umar ibn Abdulaziz davrida keng ko‘lamda amalga oshirildi.
Baraka formulasi
Imon + taqvo = baraka
Baraka – yaxshilikning ziyoda bo‘lib, mo‘l-ko‘l bo‘lishi vahamisha davomli kelib turishidir. U faqat moddiy narsalargagina ta'alluqli emas. Baraka nimaga tushsa o‘sha narsaning yaxshiligi ko‘payadi.
Suhbatdoshga nisbatan odoblar
Alloh taolo insonlarga bergan ulug‘ ne'matlardan biri bu gaplashish, o‘zaro muloqot qilishdir. Muqaddas dinimizda mo‘min –musulmonlar bir –biriga nisbatan qanday muomala, odob va hurmatlari ko‘rsatib qo‘yilgan. Bir mo‘min ikkinchi mo‘minni ko‘rganda maqsadini aytishdan avval salom berishligi to‘g‘risida Jobir r.a dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (sav) “Salom kalomdan avvaldir” deb marhamat qilganlar. Kalomdan oldin salom berilishi suhbatdoshga nisbatan odob hisoblanadi.
TILNI TIYISH – OFIYATDIR
Nutq – Alloh taoloning insoniyatga bergan eng ulug‘ ne'matlaridan biridir. Boshqa ne'matlar qatori uni ham maqsadli, oqilona va foydali yo‘lda ishlatish talab etiladi. Chunki tilni, nutqni to‘g‘ri ishlatmaslik insonning dunyo-yu oxiratiga katta zarar yetkazadi.
Imom Buxoriyning ilmiy merosi qay darjada o‘rganilmoqda?
Qur'on – Alloh taoloning kalomi bo‘lib, insonlarga rahmat, shifo, hidoyatga boshlovchi ilohiy manba qilib tushirilgan. Hadis, sunnat esa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma'lumotlardir. Qur'oni karim bosh dastur sifatida umumiy holda amr qilgan ishlarning tafsilotini ham Sunnatdan topamiz. Demak, Sunnat islom shariatida Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Sunnat (hadis) ma'nosi Allohdan, lafzi Payg‘ambardan bo‘lgan vahiydir. Din-diyonat, shariat va boshqa ma'nolarda Payg‘ambar alayhissalom o‘z shaxsiy fikrlarini emas, Allohning vahiysini o‘z iborlari bilan taqdim etganlar va bu borada hech bir narsani o‘z havoyi nafslaridan gapirmaganlar.
Aqidaparastlik nima?
“Aqidaparastlik” (“aqida”-arabchada-“ishonch”, “biror narsana ikkinchisiga bog‘lash”) muayan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat'iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakillangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalarni tasir doirasini sun'iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi
CHAQIMCHILIK YOMON ILLAT!
Alloh taolo bashariyatni yaratar ekan uning uchun nima foydali-yu nima zarar ekanligini belgilab beradi. Bashariyatni ichida Rasullarni chiqarib, qonun qoidalarni yetkazdi va marhamat qilib aytdiki: "Sizga Rasul nima bersa, oling va Sizni u zot nimadan qaytarsa, qayting". Insoniyat qilishi kerak bo‘lgan amallar kabi qaytishi, tiyilishi kerak bo‘lgan amallar ham bor. Ana shunday amallardan insoniyat qaytishi, tiyilishi kerak bo‘lgan amallardan hisoblangan, oilalarni, jamiyatni buzib, parchalab yuboradigan amallardan biri chaqimchilikdir.




















