O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Suhbatdoshga nisbatan odoblar

 
 

Alloh taolo insonlarga bergan ulug‘ ne'matlardan biri bu gaplashish, o‘zaro muloqot qilishdir. Muqaddas dinimizda mo‘min –musulmonlar bir –biriga nisbatan qanday muomala, odob va hurmatlari ko‘rsatib qo‘yilgan. Bir mo‘min ikkinchi mo‘minni ko‘rganda maqsadini aytishdan avval salom berishligi to‘g‘risida Jobir r.a dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (sav) “Salom kalomdan avvaldir” deb marhamat qilganlar. Kalomdan oldin salom berilishi suhbatdoshga nisbatan odob hisoblanadi.

Ayniqsa hozirgi kunda telefon orqali ikki suhbatdoshning bir – biriga nisbatan odobi buzilayotgani ayanchli holdir. Hozirgi axborot texnalogiyalar rivojlangan davrda internet,  telefon orqali ham muomala qidayotganni aniq bilishimiz suhbatdoshga nisbatan noo‘rin gaplarni gapirishdan, hijolat qilib qo‘yishdan saqlanmog‘imiz kerak. Telefon qilishni vaqti va odobi bshladi. Xususan masjidlarimizdagi musulmon kishiga namoz vaqtida qo‘ng‘iroq qilish joiz emas. Ba'zi kishilar mulohaza qilmay juda erta yoki juda kech paytlarda odamlar uyquga ketgan vaqtlarda telefon qilishadi yana bu yetmaganday “bezovta qilmadimmi?” deb so‘rab qo‘yishadi.

Ba'zida inson bilib – bilmay suhbatdoshga ozor berib qo‘yadi. Shundan biri og‘ziga ovqat bilan kavshanib turib gaplashadi, bu o‘ta ketgan beodoblikdir. Ba'zan telefonimizga imloviy iboralar aralashgan maktub keladi. Unda bu xatni shu kunning o‘zidayoq tarqatish kerakligi undoq bo‘ladi, mundoq bo‘ladi deb savobni va'da qilishadi. Aslida bu narsalarni hammasi yolg‘ondir. Bu esa siz a'zo bo‘lgan uyali aloqa tashkilotlaridan boshqaga foyda keltirmaydi.

Rasulullohning bir hadislarida “har bir eshitgan narsani gapiraverish kishining yolg‘onchiligiga kifoya qiladi” deganlar. Bizga bir xabar kelsa uni tekshirmasdan tarqatib yuborsak birodarimizga nisbatan beodoblik bo‘lib eshitgan narsamizni surishtirmay gapiraverishlik yolg‘onchilikka olib boradi. Payg‘ambarimiz (sav) “mo‘min yolg‘onchi bo‘lmaydi” deganlar. Suhbatni oxirida go‘zal so‘zlar va ezgu niyatlar bilan  xayrlashish kerak. Bunday tarzda xayrlashish millatining odatidir. Dinimizning go‘zal odoblariga amal qilib borishimizni Alloh hammamizga nasib etsin.

                                 Shomurodov Xayrullo Kattaqo‘rg‘on tuman bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 24/07/2020 12:41;   Ko‘rilganligi: 1806
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/suhbatdoshga-nisbatan-odoblar
Chop etilgan vaqti: 14/05/2025 12:49
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing