Qo‘shnining haqqaga rioya qiling!
Samoviy dinlar ichida qo‘shniga bo‘lgan e'tibor islom dinida alohida ahamiyat kasb etadi. Qo‘shnilar haqqi borasida Payg‘ambar alayhissalom davrlaridan beri eng ko‘p amal qilib kilayotgan millat bu - muslmonlardir. Qo‘shniga qilingan yaxshilik samarasi ularoq Rosululloh s.a.v davrlaridan xozirgacha bir qancha kishilar islomni qabul qilib iymon bilan musharraf bo‘lishdi. Chunki musulmonlar qo‘shnisi kim bo‘lishidan qat'iy nazar ularning haqqini poymol qilmaydi. Ularning haqqida Allohdan qo‘rqadi.
Payg‘ambarimiz s.a.v. aytadilar: “Qo‘shni uch xil bo‘ladi. Bitta haqi bor qo‘shni u eng haqqi oz qo‘shnidir. Ikkita haqqi bor qo‘shni. Uchta haqqi bor qo‘shni. Bu esa eng ko‘p haqqi bor qo‘shnidir. Endi bitta haqqi bor qo‘shniga kelsak, u mushrik qo‘shnidirki uning qo‘shnichilik haqqi bor xolos, ikkita haqqi bor qo‘shni esa, u musulmon qo‘shnidirki unda qo‘shnilik haqqi bor hamda musulmonlik haqqi bor. Uchta haqqi bor qo‘shni esa musulmon qarindosh qo‘shnidir, unda musulmonlik, qarindoshlik hamda qo‘shnichilik haqqlari bor qo‘shnidir”.
Bir kuni hazrat Umarning o‘g‘li Abdullohning yonida edim. O‘g‘li ham bor edi. U qo‘y so‘yib terisini shilayotgan edi. Otasi dedi:
Qo‘yni so‘yib bo‘lganingdan keyin, qo‘shnilarga berishni unutma yonimizdagi yahudiy qo‘shnidan boshla!
Abdulloh bu so‘zni o‘g‘liga bir necha marta takrorladi. Oxiri o‘g‘li: “Necha marta aytasiz, ota?” dedi. Shunda Abdulloh dediki, Rasululloh s.a.v. qo‘shnichilik haqqi to‘g‘risida shu qadar o‘git berardilarki, biz qo‘shnini –qo‘shniga merosxo‘r qiladilar shekilli deb o‘ylardik!
Xozirgi pandimiya davrida biz musulmonlarga yana ko‘proq mas'uliyat yuklangan. . Rasululloh s.a.v.: “Kimiki o‘z ahlining nafaqasini berishlik uchun va qo‘shnisiga lutf qilishlik uchun, qo‘shnisining ko‘nglini ovlashlik uchun, moli dunyoni halolini, pokizasini talab qilsa, erta qiyomatda yuzi 14 kunlik oydek porlab turgan holda Parvardigori olamga ro‘baro‘ bo‘ladi. Kimiki boyligini ko‘z-ko‘z qilish uchun, maqtanish uchun, birovlarning ustidan kulish uchun, dunyoni talab qilsa, erta qiyomatda Qahhor sifatli Alloh unga g‘azab nazari bilan qaraydi”, deb marhamat qildilar.
Azizlar, ayniqsa bugungi sinovli kunlarda qo‘shnilarimizning holidan xabardor bo‘lishimiz talab qilingan amallardandir. Qurbon hayiti kuni ham yaqinlashib qoldi, shu kunlarda imkonimiz bo‘lsa xayr-saxovatimizni qo‘shnilardan boshlaylik!
Alloh barchamizni hidoyatidan ayrmasin.
I.Amrillayev - Paxtachi tumani bosh imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 27/07/2020 13:12; Ko‘rilganligi: 1039
Chop etilgan vaqti: 15/02/2025 09:22