Ezgu kasb egalari
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov xazratlarining yurtimiz ahli ilmlariga yullagan murojaatini eshitib nihoyatda ta'sirlandim. Chunki, ushbu murojaatning o‘zi ahli ilmlilar uchun ulkan maktab va kelgusidagi farliyatini tartibga solishda zarur dasturilamal, yo‘riqnoma bo‘ldi desak aslo mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Muftiy xazratlarini ushbu murojaatnomasi yana bir axamiyatli tamoni shundaki, uning o‘ta ta'sirchanligi, hatto, ilm axli bo‘lmagan kishini ham sergak torttirib,uning qalbigacha yetib bora olishidir.Tan olish kerak , bugungi ijtimoiy tarmoklarda ham, real hayotda ham fitnalar avj olgan bir vaqtda ba'zi ahli ilmlarning kandaydir bir kimsalarning nopok uyinlariga qurbon bo‘layotgani achinarli holat, albatta. Bir imom xatibning imomlik minbarigacha bo‘lgan manzilida necha yillar va qanchalab kishilarning yillab kilgan mashakkatli mehnati yotadi. Shunday ekan atrofimizdagi voqealarga teran nazar solib ibrat olaylik. Rahbarimiz muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov xazratlarining aytgan suzlariga og‘ishmay amal kilib, jaholatga qarshi vazminlik, chuqur mulohaza hamda ma'rifat bilan javob kaytaraylik.
Allox taolodan barcha imom domlalarimizga oilaviy saodat, sog‘lik hamda xalkimiz manfaati, yurt ravnaqi va dinimiz rivoji yo‘lidagi olib borayotgan samarali, xolis xizmatlarida kuch- kuvvat tilayman.
Pastdarg‘om tumani "Chandirobod" jome masjidi imom-xatibi Nasrulloxon Nurullo o‘gli
Kiritilgan vaqti: 29/09/2022 09:13; Ko‘rilganligi: 691
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:43