Imom Buxoriy majmuasi ma'naviyat va ilm maskani bo‘ladi
Davlatimiz rahbari 23-24 avgust kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida har galgidek Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurib, muhaddislar sultonining qabrini ziyorat qildi.
Ayni paytda bu qutlug‘ ziyoratgoh Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk muhaddis bobomizning musulmon olamidagi yuksak hurmatiga munosib tarzda qayta qurilmoqda. Davlatimiz rahbari ushbu jarayonlar bilan tanishib, “Bu loyihani ko‘p muhokama qildik, qayta-qayta kelib ko‘rdik. Endi qurilishda ham shoshmaslik kerak. Ham ziyorat, ham ibodat nuqtai nazaridan bu yerda hamma sharoit bo‘lishi zarur”, dedi Shavkat Mirziyoev.
Yaratgan robbimiz mustaqilligimizni abadiy qilsin. Bizlarni nyematldarga shukr qilguvchilardan qilsin.
Mana katta xursandchilik-jannatmakon Vatanimiz Mustaqilligining 31 yilligi ham yaqinlashib qoldi. Mustaqilligimizga xamrox bo‘lib kelayotgan tinchlik-totuvlik, millatlar va dinlararo do‘stlik-bag‘rikenglik bizga ato qilingan katta ne'matlardandir.
1991 yil tug‘ilgan go‘dak hozir navqiron yoshda. Lekin mustaqilligimizga nisbatan bu go‘yo juda katta davrga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki deyarli 31 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida qilingan mehnatlar, chekilgan zahmat-mashaqqatlar barcha yaxshi niyatli kishilarga yaqqol ayon.
Mazhab - Alloh roziligiga erishtiruvchi, haqiqiy to‘g‘ri yo‘ldir
Ma'lumki, Islom olamining ahli sunna toifasi ichida to‘rtta fiqhiy mazhab bo‘lib, ular Hanafiy, Molikiy, Shofe'iy va Hanbaliy mazhablaridir. Agar islom tarixiga nazar tashlansa, bu mazhablarning kelib chiqishidan oldin ham turli mazhab va yo‘nalishlar bo‘lgan. Lekin u mazhablar muayyan shaxs nomi bilan emas, balki shahar va mintaqa aholisi nomi bilan atalgan. Masalan, Madinaliklar mazhabi, Makkaliklar mazhabi va hokazo. Imom Molik rahmatullohi alayh o‘zlarining mashhur “Muvatto” (ommabop) kitoblarini yozilish tarixini zikr qilganlarida shunday degan edilar: Xalifa Abu Ja'far al-Mansur bilan hajda uchrashib qoldik, shunda u menga: “Men bilan sizdan boshqa olim qolmadi, men siyosat bilan mashg‘ulman.
Kim Allohdan savob umidida masjid qursa
Islomda birinchi qurilgan bino ham masjid hisoblanadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Madinaga ko‘chib o‘tayotgan paytlarida Madina yo‘lida Qubo deb nomlangan joyga yetib, o‘sha yerda bir necha kun turganlar. U yerda birinchi bo‘lib “Qubo” masjidiga asos solganlar va ilk marotaba o‘sha masjidda jamoat namozini o‘qiganlar.
Vatan osoyishtaligi ulkan ne'mat
Barchamizga malumki, har qanday taraqqiyot – hoh diniy, hoh ijtimoiy, hoh iqtisodiy, hoh oilaviy taraqqiyot bo‘lsin, uning negizida bir narsa – tinchlik, hotirjamlik yotadi.
Bobolarimiz, momolarimiz duo qilganlarida: “Tani sihhat, xotirjamlik, dili beg‘amlik bergin”, deb aytar edilar. Chunki, tinchlik – Alloh taoloning insoniyatga bergan ulkan ne'matlardan biridir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham muborak hadislarida tinchlik-xotirjamlikni ulkan ne'mat ekanligini ta'kidlab shunday deydilar:
Alloh taolo har bir bandasiga niyatiga yarasha beradi, amaliga yarasha taqdirlaydi
Mo‘min kishining niyati –yurt tinch, hayot faravon, farzandlar omon bo‘lmog‘idir.
Allohga beadad shukrlar bo‘lsinkim, yurtimizda tinchlik-osayishtalik hukm surmoqda. Hayotimiz kundan kunga faravon bo‘lib bormoqda. Farzandlarimiz baxtli bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochilgan. Buni yoshlarimiz tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarda yaqqol ko‘ramiz. Umumta'lim maktablari, kasb-hunar maskanlari bilim olish, kasbu hunar o‘rganish orzusida bo‘lgan yoshlar uchun zamonaviy texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatmoqda.
Mustaqillik xalq ziynati
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasining 31 yilligini nishonlaymiz.
Bu ulug‘ kun qadrini, o‘zgalarga paxta yetishtirib bug‘doy yetishtirib og‘ir mehnat qilib qatag‘onga uchrab sibr sovuqlaridan yurgan otasini janozasini emin erkin o‘qitolmay armonda o‘tgan masjid yonidan o‘tayotib qaniydi shu Allohni uyiga kirib nomoz o‘qisam deb, masjidga tirmashib o‘tgan bobolarimiz bilishadi.
Inson qadrini ulug‘lash eng oliy fazilat
O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tashkiliy-amaliy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida o‘tkazilmoqda. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha'ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifaga aylangan bir vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta'minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda. Yurtimizda so‘ngi yillarda barcha sohalarda olib borilayotgan misli ko‘rilmagan islohotlar zamirida xalqimiz faravonligi, jamiyatimiz osayishtaligi, farzandlarimiz uchun barcha afzalliklarga ega kelajakni yaratish g‘oyasi mujassam.
O‘zaro yordam – birodarllik asosi
Islomda aksar shar'iy matnlar umumiy xitob bilan kelgan. Alloh taolo Qur'onda sakson to‘qqizo‘rinda “Ey iymon keltirganlar”, yigirma joyda“Ey insonlar”, yana besh marta “Ey Odam bolalari” deb umumiylikka, ko‘pchilikka qarata xitob qilgani jamiyat, ijtimoiy hayot, o‘zaro yordam va hamkorlikning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Alloh taolo mo‘minlarni o‘zaro hamkorlik qilishga buyurib: “Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli zotdir”, (Moida, 2) deydi.
SABR HAQIDA
Alloh taolo «Baqara» surasida: «Sabr va namoz ila yordam so‘rang. Va, albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir», degan (45-oyat).
Biz, yordam so‘rang, deb tarjima qilgan ibora arab tilida «ista'iynu» deb kelgan. Bu so‘zning ma'nosi bir ishga urinib turib, yana qo‘shimcha yordam so‘rashni anglatadi. Demak, musulmon kishi har bir ishga astoydil urinadi va shu urinish bilan birga, Allohdan yordam so‘raydi. Sabr ham, ko‘pchilik xayol qilganiday salbiy ma'noda, ya'ni, nima bo‘lsa ham sabr qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengishdagi sabrdir. Eng bosh sabr havoyu nafsni, rohat-farog‘atni, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir.
Meni yig‘latgan iboralar... Hech kim OTAga o‘xshamaydi
Magistr talabalariga bir savol berildi. "Ota kim?" Javoblar har xil; chiroylisi ham, oddiysi ham bo‘ldi.
Lekin eng afzali bir talabaning quyida keltirgan javobi edi.
Ota...
Sen uni katta oyoq kiymini kiyarding, oyoqlaring jajjiligidan, qoqilib ketarding..
Ko‘z oynagini taqib, o‘zingni kattalardek his kilarding..
Kiyimini kiyib voqor sezarding..
ASLI SHARIAT BO‘LGAN QADRIYATLAR
Suhbat orasida mo‘tabar onaxon yaqin 1960-1965 yillardagi yoshligini eslab hikoya qildi.
Uyimzga qishlok momolari kelganda biz yoshmiz, mehmon keldi deb xursand bo‘lib oldilariga yugurib chiqardik. Shunda ular meni boshyalang rumolsiz ko‘rib; hoy qizim uyat bo‘ladi boshingizga rumol o‘rang deb "bir qizga yetti eshikdan tiyuvi bor" deyishdi.
Manosi shuki (qizim boshingizga rumol o‘rang odbsizlik qilsangiz yetti qushni sizni qaytarishga haqqimiz bor deganidir.)
(Tiyuv-qaytarish).




















