Moturidiylar va ash'ariylar – Ahli sunna val jamoa

Imom Abu Mansur Moturidiy[1] va Imom Abul Hasan Ash'ariy rahmatullohi alayhlar Ahli sunna val jamoaning e'tiqodini bayon qilish, shubhalarni daf qilish, naqliy va aqliy dalillar keltirish bilan shug‘ullanganlar. Bu ikki imom “Ahli Sunna”ning aqoid bobidagi imomlari ekanini ko‘p ulamolar ta'kidlashgan.
Imom Ibn Hajar Haytamiyrahmatullohi alayh: “Ahli sunna so‘zidagi Sunnatdan maqsad – Ahli sunna val jamoa imomlari Abul Hasan Ash'ariy va Abu Mansur Moturidiy tutgan yo‘ldir”[2].
Murtazo Zabidiy rahmatullohi alayh: “Agar hech qanday qaydlarsiz “Ahli sunna val jamoa” deyilsa, Ash'ariylar va Moturidiylar tushuniladi”[3].
Alloma Toshkubrizodarahmatullohi alayh“Miftohus saoda” kitobi: “Ma'lum bo‘lsinki, Ahli sunna val jamoaning Kalom ilmi, ya'ni aqoiddagi raislari ikki kishidir: birlari hanafiy, boshqalari shofe'iy mazhabida. Hanafiylari Abu Mansur Muhammad ibn Mahmud Moturidiy bo‘lib, u zot “Imomul Huda” – “Hidoyat imomi” degan nom qozongan. Shofe'iylari “Sunnat shayxi”, “Jamoat raisi”, “Mutakallimlar imomi”, “Payg‘ambarlar sayyidi sunnatlariga yordam beruvchi”, “Din himoyachisi”, “Musulmonlar aqidasini saqlashga harakat qiluvchi” Abul Hasan Ash'ariy Basriydir”.
Imom Muhammad Zohid Kavsariy rahmatullohi alayh:“Imom Ash'ariy va Imom Moturidiy – mashriqu va mag‘ribda Ahli sunna val jamoa imomlaridir. Ularning ko‘p sonli kitoblari bor. Ular o‘rtasidagi aksariyat ixtiloflar lafziydir”.
Bobobek Abdurahimov, Samarqand shahar Qoraboy Oqsoqol jome masjidi imom-xatibi
[1]Doktor Ahmad ibn Abdulloh al-Harbiy. Al-Moturidiya. – Ar-Riyod: Dar as-Samiy. 2000. – B. 31.
[2]“Az-zavojir an iqtirofil kaboir”. – Bayrut: Muassasat ar-Risala an-nashirun, 2004. – J. 1. – B. 22.
[3]“Ithofu saodatil muttaqin sharhu ihyoi ulumid din”. – Qohira: Hindoviy, 2013. – J. 1. – B. 213.
Kiritilgan vaqti: 23/01/2023 11:58; Ko‘rilganligi: 1285
Chop etilgan vaqti: 03/11/2025 01:47





















