Maqolalar

Xotirjamlik yarim sog‘likdir

Rivoyatlarda keltirilishicha, bir zamonlar Bog‘dod shahriga o‘t tushib, uylar birin-ketin yona boshlagan ekan. Ana shunday xonadonlarning birida yosh bolalar qolib ketibdi. O‘sha yerdan o‘tayotgan bir solih kishi bolalarning ota-onasi ko‘tarayotgan dod-faryodni eshitib, o‘ylab ham o‘tirmasdan o‘t ichiga kirib bolalarni olib chiqibdi. Hayratlisi shu ediki, u odamning bir dona tuki ham kuymagandi. Go‘daklarning ota-onasi cheksiz quvonib u odamga o‘n tilla tanga uzatsa, u kishi “tillalarni oladigan odam bo‘lganimda olovdan sog‘ chiqmas edim” deya javob bergan ekan.

 

Biz yot g‘oyalarga qarshimiz!

Alloh taolo insoniyatni aziz va mukarram qilib yaratdi, unga aql-idrok va fahmu farosotni ulug‘ ne'mat qilib berdi. Muqaddas islom diynimizning ziyosi yer yuzini charog‘on qilganidan boshlab bu diynga turli xil qarshiliklar bo‘ldi va malomat toshlari otildi. Eng achinarlisi bugungi kunga kelib musulmonlarning o‘zaro ixtilof qilishlari va kelishmovchiliklari achinarli holdir.           

 

Koronavirus yuzasidan shayx Taqiy Usmoniy tavsiyalari

Zamonamiz allomasi, faqihi, Pokiston diyori sobiq bosh qozisi, muftiy shayx Muhammad Taqiy Usmoniy (hafizahulloh) aytadilar:

 

Saxiy duradgor

Kichkina qishloqlarning birida duradgor usta yashar edi. U yog‘ochlarga chiroyli naqshlar berib, so‘ng uni qimmat narxga sotardi.

 

Infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha MUROJAAT

Kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining koronavirus (COVID-19) infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha FATVOSI e'lon qilingan edi. Unda bir qancha vazifalar qatori mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozi, besh vaqt namozlarni ham uyda ado etilishi aytildi.

 

SAYYOH FARISHTALAR

  Allohning yaratgan maxluqotlarini ichida Allohga eng ko‘p itoat qiluvchilari farishtalardir. Alloh taolo ular haqida shunday deydi:

يُسَبِّحُونَ ٱلَّيلَ وَٱلنَّهَارَ لَا يَفتُرُونَ

“(Farishtalar) Charchamasdan kechayu-kunduz Allohga tasbeh aytadilar. (Anbiyo surasi, 20-oyat).

 

Koronavirus: Musibatda o‘rnak bo‘lgan yaponlar

Zilzilaning naqadar vahimali, favqulodda hodisa ekanini yaxshi bilamiz. Bevaqt hamda halokatli zilziladan cho‘chimaydigan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Lekin menda shunday tasavvur bor: osmono‘par binolarda yashab-ishlovchi yaponlar, zilzilani xuddi beshik tebranishidek beozor erkalash sifatida qabul qilishsa, ajab emas. Negaki, bu yurtda deyarli har kuni yer silkinib turadi-da!

 

“PUL ISHLAB OLISH VAQTI KELDI” DEYUVCHILARGA!

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida hukumat qarori bilan joriy yilning 16 martidan boshlab yurtimizdagi barcha ta'lim muassasalarida ta'til e'lon qilindi. Tabiiyki, talabalar o‘z uylariga – turli viloyatlarga jo‘naydilar. Viloyatlarga qatnovchi taksi haydovchilari ham insof bilan narxlarni me'yorida ushlab turishlari chin musulmonlik va insoniylikdir.

 

MOTURIDIYA TA'LIMOTI HAR BIR DAVR UCHUN MUHIM

Islom dinini xalqimiz nafaqat diniy ta'limot sifatida qabul qildi, balki uni yangi ilmiy, ma'rifiy pog‘onalarga ko‘tardi. Islomning ilmiy jihatdan yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shdi. Natijada, o‘rta asrlarda yashab ijod etgan movarounnahrlik faqih alloma va mutafakkirlardan katta hajmdagi noyob qo‘lyozma manbalar meros bo‘lib qoldi.

 

Salomlashish odoblariga rioya qilaylik

Assalomu –alaykum!   Sog‘misiz,   tinchmisiz,  omonmisiz   azizlar. Keling,  salomlashish  odoblari   haqida   ham  biroz   to‘xtalib  o‘taylik.

Salom berish Payg‘ambar alayhissalomning ko‘rsatmalari (sunnat), unga alik olish esa Alloh taoloning buyrug‘i (farz) hisoblanadi.

 

IHTIKOR (MONOPOLIYA) VA UNING FIQHIY TAHLILI

Islom insoniyatning go‘zal hayot kechirishini taminlaydigan dindir. Inson dunyo va oxiratda saodatga erishmog‘i uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy va ma'naviy ehtiyojlari dinimizda shar'iy hukmlar uchun asos qilib olingan. Fiqh ilmining qariyb yarmidan ko‘pini tashkil qilgan oldi-berdi va muomalot sohasiga nazar soladigan bo‘lsak, savdo-sotiqlarda harom qilingan barcha muomalot turlarining taqiqlanish negizida inson manfaatiga ochiq zid keluvchi holatlarni bartaraf etish, iste'molchi huquqlarini himoya qilish, jamiyat vakillari o‘rtasida nizo keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy holatlarning oldini olish kabi oliy maqsadlar o‘rin olganligining guvohi bo‘lamiz.

 

VABO TARQALGANDA MUSULMONNING VAZIFALARI

Korona virus (COVID-19) kasalligi  shiddat bilan tarqalib uning geografik hududi kengayayotgan va odamlar orasida uni  yuqumli kasallik ekanligi vahimasi kuchayayotgan paytda dunyo islom ulamolari bu  kasallikning shar'iy muolajalarini eslatmoqdalar.

 Bunday holatlarda musulmon kishi Alloh taoloning taqdir qilgani yuzaga chiqishiga qattiq ishongan holda, kasallikdan saqlanish chora tadbirlarini ko‘radi. Vabo va shu kabi tez tarqaladigan kasalliklar chiqqan joyga kirilmaydi va qattiq zarurat bo‘lmasa, u yerdan chiqib ketilmaydi. Tibbiy soha vakillari ko‘rsatmalariga to‘la amal qilinadi. Ibodatlar va istig‘for ko‘paytiriladi. Mana shu shartlarga amal qilib, vabo, o‘lat va shu kabi kasalliklardan vafot etgan mo‘min-musulmonlar shahidlik martabasini topadilar. 

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing