Bugun targ‘ibot guruhi tarkibidagi ulamolarning Samarqand viloyatiga qilgan amaliy tashrifining ikkinchi kuni boshlandi.
Toshkent shahri “Siroji Solih” masjidi imom-xatibi H.Qodirov, Toshkent shahar Yakkasaroy jome' masjidi imom-xatibi S.Toshanovlar Bulung‘ur tumani “Olomon” jome' masjidi imom-xatibi A.Murodov hamrohligida viloyatning Bulung‘ur tumaniga yo‘l olishib, dastlab tumandagi “Amir Hamza” jome' masjidi qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar qurilishi deyarli yakuniga yetayotgan masjidda namozxonlar uchun yaratilishi nazarda tutilgan sharoitlar bilan qiziqishdi. Masjid ma'muriyati bilan bo‘lib o‘tgan qisqa muloqot chog‘ida respublikamizda kishilar e'tiqod erkinligining to‘la kafolatlanayotgani masjid va madrasalarning batamom ko‘rkam qiyofa kasb etishiga asos bo‘lib xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Tashriflar davom etmoqda...
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 23/07/2021 11:54; Ko‘rilganligi: 935
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:44