O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ulamolarning Samarqandga tashrifi viloyat madaniy-ma'rifiy hayotida o‘chmas iz qoldirmoqda.

 
 

Bugungi Yangi O‘zbekistonda boshqa sohalar kabi diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohotlar salmoq jihatidan yetakchi o‘rinlarni egallamoqda. Bu esa mazkur islohotlar mohiyatini keng targ‘ib etish, aholining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirish, ularning turmushdan rozi bo‘lib, shukronalik hissi bilan yashashi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash mas'uliyatini yuklaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining bir guruh ulamolaridan tarkib topgan targ‘ibot guruhlari respublikamizning qator viloyatlariga amalga oshirayotgan amaliy tashriflari ham aynan shu maqsadlarga qaratilgan.

Bugun 22 iyul kuni, mazkur guruh vakillari an'anani davom ettirib, Samarqand viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrifning birinchi kunida targ‘ibotchilar viloyatning Samarqand shahri, Samarqand, Nurobod va Pastdarg‘om tumanlarida bo‘lishib, masjidlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va jamoat bilan peshin namozini ado etdilar.

Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari  idorasi raisining o‘rinbosari I.Inomov, O‘zbekiston musulmonlari  idorasi raisi maslahatchisi S.Sharipov, O‘zbekiston musulmonlari  idorasi mas'ul xodimi E.Esonov, Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Z.Eshonqulov va boshqalar Samarqand shahridagi “Shohi Zinda”, “Xo‘ja Abdu Darun”, “Jo‘yichuqur” va “Qo‘shboqolli” mahallallarida bo‘lishdi. Mehmonlar mahallalar faollari va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, aholini qiynayotgan muammolar, bildirilayotgan talab va takliflarni o‘rganishdi. Tashrif doirasida mahallalarning kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarga VAQF xayriya jamoat fondi ta'sis etgan sovg‘a-salomlar ulashildi.

Shuningdek, targ‘ibot guruhi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.Komilov, Samarqand viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari X.Sattorov va boshqa mas'ullar shahardagi “Xo‘ja Zudmurod” mahallasiga tashrif buyurishdi. Mahalla ahli bilan uchrashuvda ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosi mohiyatini anglash va uni yoshlar ongi va qalbiga singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tushunchalar berishdi.

Targ‘ibot guruhi a'zolari tashrifning birinchi kunida viloyatning uzoq tumanlarini ham e'tibordan chetda qodirishmadi.

Xususan, Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari A.Yunusov, Toshkent shahri Yashnobod tumani bosh imom-xatibi F.Allayorov,Toshkent shahri “Siroji Solih” masjidi imom-xatibi X.Qodirov, Toshkent shahri Olmazor tumani bosh imom-xatibi A.Yuldashevlar viloyatning Nurobod tumaniga yo‘l olishib, jamoat bilan peshin namozini ado etdilar va aholi bilan dildan suhbat qurdilar. Mehmonlar tuman mahallalarining ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olishib, VAQF xayriya jamoat fondi sovg‘alarini ulashishdi. Vaqt tig‘iz ekaniga qaramasdan targ‘ibot guruhi vakillari tumandagi 41-son umumta'lim maktabi va 6-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ham bordilar. Ta'lim maskanlaridagi sharoitlar bilan tanishib, qimmatli maslahatlarini berdilar. “Xalqni turmush darajasini bilmoq bo‘lsang, bozoriga bor” naqliga amal qilib, mehmonlar Nurbuloq dehqon bozoriga ham kirib o‘tdilar. Bozor ma'muriyatiga savdo ahli uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Targ‘ibot guruhining boshqa a'zolari: Toshkent shahri “Minor” masjidi imom-xatibi F.Ubaydullayev, Urgut tuman bosh imom-xatibi Sh.Xaqberdiyevlar Samarqand tumanidagi Xo‘ja Ahrori Vali va Qo‘shtamg‘ali mahallalariga borishdi. Mahallalar ahli bilan qizg‘in uchrashuv o‘tkazilib, kam ta'minlangan oilalarga ehson ulashildi. Mehmonlar shuningdek, tumandagi “Sogda media” xususiy shifoxonasida ham bo‘lishib, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Viloyatning Pastdarg‘om tumaniga tashrif Chilonzor tuman bosh imom-xatibi E.Rustamov, Toshkent shahar “Islomota” jome' masjidi imom-xatibi Y.Karimovlar tomonidan amalga oshirildi. Targ‘ibot guruhi a'zolari tuman ahli bilan jonli muloqot qildilar. Suhbat davomida asosiy e'tibor yangilanayotgan O‘zbekistonda din va fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlash yo‘nalishida qilinayotgan ishlarga qaratildi. Qizg‘in muloqotdan so‘ng, tumandagi “Temir daftar”dan o‘rin olgan oilalarga xayriya sovg‘alari taqdim etildi.

Tashrif davomida fidoyi ayollar ham faollik ko‘rsatishib, mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Jumladan, tashrifning birinchi kunida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas'ul xodimi O.Aripova, O‘zbekiston musulmonlari  idorasi ma'sul xodimiM.Abdullayeva va Samarqand viloyatibosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova hamda hududga biriktirilgan otinoyilar mahalla faollari bilan birgalikda Pastdarg‘om tumanidagi “Mulla Ahror” jome' masjidi atrofida joylashgan “Mehnat” mahallasida yashovchi muammoli aholi bilan muloqot qilishdi, oilalarga kirib, ular bilan dildan suhbatlaruyushtirishdi.

Respublikamiz ulamolarining Samarqand viloyati hududlariga amaliy tashrifi va xayriya amallari davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 22/07/2021 18:02;   Ko‘rilganligi: 985
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/ulamolarning-samarqandga-tashrifi-viloyat-madaniy-marifiy-hayotida-ochmas-iz-qoldirmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/09/2025 16:24
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing