Saylov kuzatuvchilari viloyatimiz bo‘ylab ziyoratda
2016 yilning 4 dekabr kuni yurtdoshlarimiz Respublikamizdagi o‘ta muhim siyosiy jarayonning guvohi bo‘lishdi. Nafaqat guvohi, balki ushbu jarayonga har bir layoqatli fuqaro bevosita ishtirok etdi.
Xayriya tadbirlari
3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan viloyatimiz imom xatiblari tomonidan qator moddiy ko‘mak ishlari amalga oshirildi. Jumladan:
3 DEKABR XALQARO NOGIRONLAR KUNI
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1992 yilda 3 dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” deb e’lon qilingan va butun dunyoda keng nishonlanib kelinmoqda. Respublikamizda, xususan viloyatimizda ham ushbu tadbirni nishonlash an’anaga aylangan va yil sayin nufuzi ortib bormoqda.
Imomlarimiz Rossiya musulmonlari diniy anjumanida
Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib turgan imomlarimiz Sverdlovsk viloyatida rejalashtirilgan barcha tadbirlar, yig‘inlarda namunali ishtirok etib 29 noyabr kuni Maskva shahriga yetib kelishdi va 30 noyabr kuni Rossiya musulmonlari diniy anjumanida ishtirok etishdi. Bu ishtirok maxsus taklif asosida amalga oshirildi.
Yekaterinburg safari davom etmoqda
Oldin xabar qilganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi markaziy muftiyoti rahbari, muftiy Abdul-Qudduss Asharin taklifiga asosan o‘zbekistonlik imomlaridan iborat delegatsiya Yekaterinburg shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdilar.
Imomlarimiz Yekaterinburgda
2016 yil 24 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati musulmonlari idorasi markaziy muftiyoti rahbari, muftiy Abdul-Qudduss Asharin taklifiga asosan o‘zbekistonlik imomlaridan iborat delegatsiya Yekaterinburg shahriga jo‘nab ketishdi.
VATANIMIZ BAYROG‘I
«O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi oliy kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.
Maxdumi A’zam jome masjidi
Oqdaryo tumanining Dahbed qo‘rg‘onida joylashgan “Maxdumi A’zam” jome masjidi Yalangtush bahodir tomonidan 1619 yili qurdirilgan va o‘z zamonasining madaniy markazlaridan hisoblangan.
Yil imomi 2016 ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Respublikamizda imom-xatiblar faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi globallashuv zamonida yurt mehri, Vatan ravnaqi yo‘lida xizmatlari hamda yoshlarimizning turli yot buzg‘unchi toifalarning ta’siridan himoyalanishida targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida “Yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. An’anaga muvofiq O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjid imom-xatiblari o‘rtasidagi “Yil imomi – 2016” ko‘rik tanlovining yakuniy, Respublika bosqichi 2016 yilning 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Qoraqolpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan viloyat bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘n to‘rt nafar iqtidorli imom-xatiblar qatnashishdi.
IMOMLARIMIZ FAOLIYATIDAN
O‘tgan haftada viloyatimiz imom xatiblari tomonidan talay tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Quyida ularning eng ahamiyatlarini keltiramiz:
MUSTAQILLIK VA DINIY QATRIYATLAR RIVOJI MAVZUIDAGI RESPUBLIKA ANJUMANI
2016 yil 2 noyabr kuni Buxoro viloyatining “Bahouddin Naqshband” majmuasida ulamolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Mustaqillik va diniy qadriyatlar rivoji” mavzuida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda mustaqillik yillarida diniy qadriyatlar tiklanishi asosi, dinimiz tiklanishi uchun ochib berilgan imkoniyatlar, diniy kadrlar tayyorlash natijalari kabi diniy qadriyatlarimiz rivojiga qaratilgan mavzularda so‘z yuritilib, muhokamalar olib borildi.
SAXOVAT UYIGA TASHRIF
Yurtimiz istiqlolga erishgandan buyon aholining yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa o‘zgalar yordamiga muhtojlar, yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish borasida qator tahsinga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
MEHRIBONLIK UYIGA TASHRIF
2016 yil 31 oktyabr kuni Jomboy tumani “Ibrohim ota” jome masjidi imom xatibi Axmedov Anvar Samarqand shahrida joylashgan 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuv o‘tkazib, ularga sovg‘a-salom va oziq-ovqatlar ulashildi.
Zam-zam suvi muzlatildi... yaponiyalik olimlar hayratda!
Yaponiyalik olimlar Zam-zam suvi ustida tajriba o‘tkazishdi. Natija shuni ko‘rsatdiki, Zam-zam suvi muzlatilganda ajoyib kristall hosil bo‘ldi. Buni ko‘rgan olimlar hayratdan yoqa ushlashdi. Tasvir Masjidul Haromning qush uchadigan balandlikdan olingan tasviri bilan bir xil edi. Quyidagi tasvirda Zam-zam suvining kristall holatini ko‘rishingiz mumkin.
IMOM BUXORIY MAJMUASI 18 YOSHDA
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, shonli o‘tmishimiz, shavkatli tariximiz qayta bo‘y ko‘tardi. Ulug‘ bobokalonlarimiz qoldirib ketgan boy merosimiz tiklanib, ularning qabrlari, qadamjolari obod etildi. Qayerga bormaylik, obod maskanlar, viqorli masjidu-madrasalar, salobatli gumbazu-minoralarni ko‘rib, qanchalik buyuk ajdodlarning avlodi ekanimizni hamisha yodimizda tutamiz.




















