O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Muruvvat uyida ehson

 
 

Yurtimiz istiqlolga erishgandan buyon aholining yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa o‘zgalar yordamiga muhtojlar, yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish borasida qator tahsinga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa bayramlar arafasida bunday xayriyalar yanada jadallik bilan olib boriladi.

Respublikamiz Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yillik bayrami munosabati bilan Urgut tuman bosh imom xatibi Sh.Haqberdiyev tomonidan 7 dekabr kuni homiylarni jalb etgan holda tuman “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyida yashab, davolanib kelayotgan 450 nafar 1 va 2-guruh nogironlariga bayram ziyofati tashkil etildi.

To‘kin dasturxon atrofida yig‘ilgan ko‘makka muhtojlarning xursandchilik ila boqqan nigohlaridan ularning qanchalik mamnunligini bilish mumkin edi.

Ziyofat so‘ngida “Muruvvat” uyida yashovchi ko‘makka muhtoj 450 nafar fuqaroning barchasiga qishki oyoq kiyimlar sovg‘a tariqasida tarqatildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/12/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2846
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muruvvat-uyida-ehson
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 09:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing