O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

MURUVVAT UYIDA BAYRAM

 
 

Yurtimiz istiqlolga erishgandan buyon aholining yashash sharoitini yaxshilash, ayniqsa o‘zgalar yordamiga muhtojlar, yolg‘iz keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga har tomonlama ko‘mak berish borasida qator tahsinga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ayniqsa bayramlar arafasida bunday xayriyalar yanada jadallik bilan olib boriladi.

Shunday xayrli ishlardan biri Samarqand viloyati Urgut tuman bosh imom xatibi Shodi domla Haqberdiyev tomonidan yangi yil bayrami arafasida amalga oshirildi.

29 dekabr kuni homiylarni jalb etgan holda tuman “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyida yashab, davolanib kelayotgan 450 nafar 1 va 2-guruh nogironlariga bayram ziyofati tashkil etildi.

To‘kin dasturxon atrofida yig‘ilgan ko‘makka muhtojlarning xursandchilik ila boqqan nigohlaridan ularning qanchalik mamnunligini bilish mumkin edi.

Ziyofat so‘ngida “Muruvvat” uyida yashovchi ko‘makka muhtoj 450 nafar fuqaroning barchasiga bayram sovg‘alari ulashildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 29/12/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 2250
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/muruvvat-uyida-bayram
Chop etilgan vaqti: 01/12/2024 22:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing