O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Otinoyilar ishtirokida seminarlar bo‘lib o‘tdi

 
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyunda o‘tkazilgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi yig‘ilish bayoni 18-bandi ijrosi yuzasidan Samarqand viloyatida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar:

17 avgust kuni Kattaqurg‘on shahrida Kattaqurg‘on shahar, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi, Nurobod, Pastdarg‘om va Qo‘shrabot tumani;

18 avgust kuni Jomboy tumanida Jomboy, Bulung‘ur, Ishtixon, Oqdaryo, Payariq tumani;

19 avgust kuni Toyloq tumanida Samarqand shahar, Samarqand, Tayloq, Urgut tumani otinoyilari, mahalla maslahatchilari ishtirokida yig‘ilish-seminar tarzida o‘tkazildi.

Yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova, Tuman-shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raislari bosh mutaxassislari, “Mahalla” XJF tuman bo‘limi bosh maslahatchilari, OAV vakillari va tuman-shahar bosh imom xatiblari, bosh otinoyilar qatnashdi.

Seminar shaklida o‘tkazilgan tadbirlarda erta turmush, noqonuniy nikohga qarshi kurashish, ayollar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash kabi qator masalalar muhokama etilib, fikr-mulohazalar almashildi.

Viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova


Kiritilgan vaqti: 23/08/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2592
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/otinoyilar-ishtirokida-seminarlar-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 08/11/2024 13:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing