Aholi bilan muloqotlar tashkil etildi

Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami davlatimiz tomonidan alohida himoyaga olingani, ularga munosib turmush sharoiti yaratish borasida qilinayotgan keng ko‘lamli sa'y-harakatlarini alohida e'tirof etish lozim.
Avval xabar berib o‘tganimizdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari viloyatlar bo‘ylab xalqimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Joriy yil 22 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi tomonidan viloyatdagi muammoli mahallalar aholisi bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, mahallabay ishlash tizimini yo‘lga qo‘yildi.
Bugun ushbu tadbirlar doirasida mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va bartaraf etish maqsadida shahar va tuman bosh imom xatiblari ishtirokidagi navbatdagi sayyor uchrashuv va suhbatlar tashkil qilindi.
Mazkur tartibdagi dastlabki sayyor uchrashuv Jomboy tumanidan boshlandi. Aholi bilan suhbat davomida mamlakatimiz bo‘ylab olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, bugungi dorulomon kunlarga shukronalik hissi bilan yashash kabi jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.
Tumanda istiqomat qilayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va ularning farzandlariga ham moddiy, ham ma'naviy ko‘mak ko‘rsatildi.









O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 23/02/2022 10:56; Ko‘rilganligi: 997
Chop etilgan vaqti: 04/11/2025 08:12
		
																				



















