O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Samarqand viloyati faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

 
 

Ma'lumki muhtaram Prezidentimiz Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tashkil etilishini ma'lum qilgan edi. Shu bois 17 fevral kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibligi viloyat hokimligi hamkorligida mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla mullalarini viloyatdagi mahallalarga biriktirib, mahalladagi har-bir xonadon bilan yaqindan tanishib chiqishi va muammoli xonadonlar bilan alohida tartibda ishlarini yo‘lga qo‘yishi uchun ularning oldilariga vazifalarni belgilab berdi.

Bundan tashqari yoshlarni turli yot g‘oyalardan himoya qilishda mahalla mullalarining o‘rni, bid'at-xurofotlar va folbinlikning salbiy oqibatlari, diniy marosimlarni (turli ehsonlar, mavlid marosimlari, janozadan keyingi marosimlar, iftorliklar) isrofgarchiliksiz, amalga oshirishlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

Mahalla mullalariga bu borada bir kunlik o‘quv-seminar tashkil qilindi. Endi shu kabi o‘quv-seminarlarni har bir chorakda tashkil qilib, yil davomida olib borilishiga kelishib olindi

Seminar yakunida mahalla mullalarining bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishlarida ko‘makchi bo‘lishi uchun islom dini ta'limotining boshlang‘ich o‘quv qo‘llanmasi hisoblangan “Men ham namoz o‘qiyman” risolasi taqdim etildi. 

Ma'ruzalardan so‘ng ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar oldi. Bir so‘z bilan  aytganda seminar manfaatli, mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Seminar nihoyasida yig‘ilganlar ana shunday o‘quv seminarlarini bardavom bo‘lishini so‘rab duolar qilishdi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 17/02/2022 15:39;   Ko‘rilganligi: 808
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/news/samarqand-viloyati-faoliyat-olib-borayotgan-mahalla-mullolari-uchun-oquv-seminari-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 02:25
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing