O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Uchrashuvlar, seminarlar, brifinglar

Muftiy hazratlari Samarqand viloyati imom-xatiblari bilan uchrashdilar

 
 

Oldin xabar berganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedovning Samarqand viloyati bo‘ylab safarlari boshlangan edi. Samarqand shahridagi “Yoshlar ittifoqi” majlislar katta zalida viloyatda faoliyat olib borayotgan barcha imom-xatib, imom noiblar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda diniy soha vakillari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va mavjud muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar berildi. Shuningdek, bugungi kunda imom-xatiblar oldida turgan muhim vazifalar va jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashda ularning tutgan o‘rni kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, hozirgi islohotlarning yangi bosqichida diniy-ma'rifiy yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati,  bugungi tinch va osoyishta kunlarning qadriga yetish va shukronalik hissi bilan yashash, sof Islom ta'limotini keng targ‘ib qilish ishlarida faollikni oshirish bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamg‘armasi tomonidan barcha imom-xatiblarga Qur'oni karim kitobi tarqatildi.

Samarqand viloyati safari davom etmoqda.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi


Kiritilgan vaqti: 11/12/2019 20:48;   Ko‘rilganligi: 1220
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/seminars-briefings/muftiy-hazratlari-samarqand-viloyati-imom-xatiblari-bilan-uchrashdilar
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 02:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing