O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi

 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Samarqand viloyatiga safarlari mobaynida hududdagi yordamga, mehr va muruvvatga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar bilan ham uchrashib, ular bilan dildan suhbat qurdilar.

Ularning dard va muammolariga quloq tutib, ehtiyojlarini qondirish uchun choralar qo‘llamoqda. Ana shunday xayriya tadbiri doirasida Samarqand viloyatidagi 50 nafar kam ta'minlangan, 30 nafar eshitish va gapirishida nuqsoni bor shaxslar, 20 nafar chin yetim bolalar, 10 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi bilan ona-Vataniga qaytarilgan 2 nafar bola hamda avf etilgan 10 nafar fuqarolarga insonparvarlik yordamlari ko‘rsatilib, ularga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari, kiyim-kechak, diniy-ma'rifiy mazmundagi adabiyot va boshqa sovg‘alar ulashildi.

Tadbir davomida ko‘ngli o‘ksik insonlarga ko‘rsatilgan mehr va e'tibor, ularning qalbiga shodlik olib kirdi. Buni ularning kulib turgan yuzlari va zavqqa to‘lgan ko‘zlaridan sezib olish qiyin emas edi.

Zero, mehr-muruvvat, hamjihatlik, saxiylik dinimiz ulug‘lagan, xalqimiz ardoqlagan, asrlar osha amal qilib kelayotgan go‘zal fazilatdir. Xayr-saxovat, saxiylik insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarining mustahkamlanishiga, o‘zaro hurmat va totuvlikning ortishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/12/2019 19:27;   Ko‘rilganligi: 1470
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/press/events/hech-kim-mehr-va-etibordan-chetda-qolmaydi
Chop etilgan vaqti: 19/03/2024 14:30
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing