Qo‘shnichilik odoblari
Hozirgi kunimizda unitilib borayotgan yaxshi odotlarimizdan biri bu qo‘shnichilik odobidir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Jabroil farishta qo‘shniga yaxshilik qiling, deb aytishda to‘xtamadilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “hatto qo‘shni-qo‘shniga merosxo‘r bo‘lib qolarmikan deb o‘ylab qoldim” dedilar. Merosxo‘r deganlari ota va bola kabi yaqinlikni anglatadi. Xalqimizning “qiyomatda qo‘shnidan” degan purma'no gapida ham qo‘shning yaxshiliginga qiyomatda guvoh o‘tadi, degan tushuncha bor.
Isrofgarchilik va manmanlikka yo‘l qo‘ymang
So‘ngi paytlarda o‘tkazilayotgan maraka va marosimlarda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan ba'zi odatlar uchrab turganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Misol uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqishdagi dabdababozlik yoki beshik to‘yi deb qilinayotgan sarf xarajatlar kundan-kunga kattalashib, isrofgarchilik avjiga chiqmoqda. Xalqimiz orasidan bunday holatni “Beshik to‘yi, isrofgarchilikning eshik to‘yi”mi deb aytayotganlarni ham eshitib qolamiz. Zero, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam “Allohning nozu ne'matlaridan xohlagancha yeb-ichinglar, xayru ehson qilinglar, kiyinib yasaninglar, lekin isrofgarchilik va manmanlikka yo‘l qo‘ymangizlar!” (Imom Ahmad rivoyati) deb aytganlar.
TINCHLIK NE'MATI
Insoniyat o‘z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, avvalo tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlari jamiyatning tinchlik-totuvlik sharoitiga chambarchas bog‘liqdir. Shu boisdan ham yurt tinchligi – bebaho ne'mat, ulug‘ saodatdir, barqaror taraqqiyot garovidir. Tinchlik – Vatanimizning dunyo siyosiy maydonida olib borayotgan asosiy g‘oyalaridan biridir, zero tinchlikni saqlash umumbashariy masala hisoblanadi. Albatta, tinchlikka o‘z-o‘zidan, yoki balandparvoz so‘zlar bilan erishib bo‘lmaydi, uni izchil va qat'iy harakatlar va ayni vaqtda dunyoning siyosiy maydonida sodir bo‘layotgan jarayonlarni tafakkur qilib uzoqni ko‘ra olish orqali ta'minlash mumkin. Yurtimiz ham mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab tinchlik-totuvlikni o‘z siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb e'lon qildi va o‘tgan yillar mobaynida bu yo‘ldan og‘ishmay dadil qadamlar bilan taraqiyot sari intilmoqda.
ISROFNING ZARRASI HAM – HAROMDIR
Bir holatni barchamiz kuzatganmiz: qo‘ng‘iz o‘zidan bir necha barobar katta guvalakni tepalikka olib chiqishga chiranadi. Ming bir mashaqqat bilan surib ketilayotgan guvalak oxir-oqibat ortga yumalab, qo‘ng‘izni bosib qoladi. Jonivor halok bo‘lmasa-da, oyog‘idan, “qo‘li”dan ayrilishi yoki nogiron bo‘lib qolishi mumkin.
Qabrlarni ziyorat qiling, u oxiratni eslatadi.
Modomiki islom qabr masalasini chetda qoldirmas ekan uning ziyorat mavzusini ham qoldirmaydi. Chunki u insonni oxirat ishlariga e'tiborli bo‘lishga, qalbi yumshab ko‘zidan shashqotor yoshlar oqishga, o‘tgan ishlarga nazar tashlashga undaydi. Alloh taolo bilan uchrashish uchun tayyorgarlik ko‘rishga chaqiradi. O‘tganlar biz tiriklarni duo va istig‘forlarimizdan va Qur'on tilovatining savobidan umidvor bo‘lishadi.
Qo‘shnilar bilan yaxshi bo‘lish – tinch-totuvlik garovi
Har bir jamiyat a'zosi hayotdi davomida o‘zining hohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda doimiy ravishda qo‘shnisi bilan aloqada bo‘lib turadi. Ko‘pincha, jamiyatni tinch-osuda bo‘lishligi ham jamiyat a'zolarining o‘zaro va qo‘shnilari bilan bo‘ladiga chiroyli muomalalariga bog‘liq bo‘ladi.
ILMNING BARAKALI BO‘LISHI-USTOZNI HURMAT QILISHDADIR
Hurmatli o‘quvchi! Bilamizki Islom dini ilmu-ma'rifatga targ‘ib qiluvchi ilohiy va rabboniy dindir. Zero, insonning dunyoda aziz bo‘lishi, azizlik tojini kiyishi va oxiratda esa ulug‘ maqomu martabalarga sazovor bo‘lishi, ilm olishi va unga amal qilishi bilan bog‘liqdir. Insoniyat ilm bilangina Allohni taniydi, haqiqiy saodatni qo‘lga kiritadi, uning sharofati bilan yuksaladi. Ilm esa ustozning sa'y-harakati, tinimsiz mehnati, g‘ayrati va matonati bilan egallanadi. Ilm o‘rgatuvchi ustozlar bejizga “Payg‘ambarlarning merosxo‘rlari” deb e'zozlanmaganlar. Islom dinining asosiy manbai bo‘lgan Quroni Karim va hadisi sharifda ustozning darajasi nechog‘lik buyuk ekanligi haqida oyatlar, ilm yo‘lida jasorat ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan ustozlarga barcha mavjudotu-maxluqotlar hattoinki suvda suzib yurgan baliqlar ham istig‘for aytib, haqqiga duo qilishi haqida malumotlar kelgan.
MENING MAHALLAMDA JINOYAT SODIR BO‘LMASLIGI KERAK
Jinoyatchilik – insonlarni bir biridan uzoqlashtiradigan, jamiyat birdamligiga rahna sulovchi, rivojlanishning oyog‘iga tushov, yoshlarning ertasini barbod etuvchi illat. Xullas, har qancha yomon ta'rif bo‘lsa shunga loyiq tushuncha.

SHAR'IY VA RASMIY NIKOH. BIZDA VAZIYAT QANDAY?
Yaratuvchi Qodir Alloh yer yuzidagi inson naslining davomli bo‘lishiga nikohni shart va sabab qilgan. Insoniyatning vorisligiga eng munosib avlod, albatta nikoh va halollik orqali dunyoga kelgan avlodlardir.
O‘Z JONIGA QASD QILISH NOSHUKURLIKDIR
Barchamizga ma'lumki, oila har bir jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lib, uning tinch, halol va pok, mustahkam bo‘lishi jamiyatning tinch va farovonligini ta'minlovchi asosiy omillardan biridir. Buning qarama-qarshisi, ya'ni oilalarda notinchlik, buzg‘unchilik, ota-onaga nisbatan itoatsizlik bo‘lsa, o‘sha jamiyat ham buzilib, osoyishtaligi yo‘qoladi, parokanda bo‘ladi.




















