O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Qo‘shnichilik odoblari

 
 

Hozirgi kunimizda unitilib borayotgan yaxshi odotlarimizdan biri bu qo‘shnichilik odobidir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Jabroil farishta qo‘shniga yaxshilik qiling, deb aytishda to‘xtamadilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “hatto qo‘shni-qo‘shniga merosxo‘r bo‘lib qolarmikan deb o‘ylab qoldim” dedilar. Merosxo‘r deganlari ota va bola kabi yaqinlikni anglatadi. Xalqimizning “qiyomatda qo‘shnidan” degan purma'no gapida ham qo‘shning yaxshiliginga qiyomatda guvoh o‘tadi, degan tushuncha bor.

Bir kishi favrzandlarini yig‘ib qo‘shnimiz bizni yaxshi ko‘rmay qo‘ydida, dedi. Farzandlari “otajon qo‘shnimiz bilan salom-aligimiz yaxshi-ku, bordi-keldimiz bo‘lib turibdi, nima uchun munosabatda qo‘shni bilan yaxshi bo‘lmay qoldik” deb aytayapsiz? Deganda, “Qo‘shnilarimizning farzandlari uyimizga har doimgidek emin-erkin, o‘ynab, yayrab kelib ketgani yo‘q. Yosh bolalar ikkiyuzlamachilik, munofiqlik, yolg‘onchilikni bilmaydi. Nimadir o‘tganini qo‘shnimning bolalaridan sezdim. Bizdan o‘tgan bo‘lsa kechiring deb, qo‘shnimizdan uzr so‘rab chiqinglar” dedi. Haqiqatda biroz tushunmovchilik bo‘lib qo‘shnisi xafa bo‘lgan ekan. Ota-bobolarimiz qo‘shnichilik muomalsida ehtiyotkor bo‘lishgan. Azizlar, har birimiz Allohning roziligini topay, Payg‘ambarimizning chin ummatlari bo‘lay desak, qo‘shnichilik odobiga rioya qilaylik. Ozgina yer deb, arzimas dunyoning matosi deb, qo‘shnimizdan ayrilib qolmaylik. Qo‘shnilar qiyomat kunida bir-biriga “yaxshi qo‘shnichiligimiz bor edi” deb yaxshilikka guvohlik berishsin.

 Baqoyev Safaxon - Kattaqo‘rg‘on tumani “Abul Hasan Andoqiy” masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 17/10/2019 16:25;   Ko‘rilganligi: 2554
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/society/qoshnichilik-odoblari
Chop etilgan vaqti: 27/02/2024 02:29
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing