Ekstremistik va terrorchi guruhlar o‘z harakatlarini “shar'iy” deb isbotlash uchun o‘zlarini “mujtahid” deb e'lon qilishi to‘g‘rimi? (5-maqola)
Darhaqiqat, hozirgi kunda jahonda ba'zi haraktlar tomonidan Islom dini haqida turli noto‘g‘ri fikrlar tarqatilayotgani, terrochilik kabi illatlarni ayni paytda bevosita Islomga bog‘lab, muborak dinimiz va musulmonlarga nisbatan nafrat o‘tini yoqishga urinayotgani yoki o‘zlarining manfur ishlarini amalga oshirishda “buyurtma” bo‘yicha chiqarilgan maxsus “fatvolar”dan faol foydalanayotgani hechkimga sir emas. Vaholanki, muqaddas dinimiz har qanday yovuzlikni inkor etishi Qur'oni Karim oyatlari, Hadislar, mashhur ulamolarning fikrlari orqali bayon etiladi.
KARANTIN QOIDALARIGA QAT'IY RIOYA QILING!
Alloh taolo o‘z hikmati bilan gohida insoniyat boshiga turli sinovlarni solib turadi. Tarixga nazar tashlasak o‘zoq o‘tmishda qanchadan qancha urushlar, tabiiy ofatlar, kasallig-u o‘latlar sodir bo‘lgan. Albatta bu narsalar insoniyat boshiga bir balo, sinov bo‘lib kelgan. Ayni paytda butun dunyoga katta tashvish solib turgan pandemiya ya'ni COVID- 19 karona virus yana bir sinov tariqasida insoniyat boshiga xafv solib turibdi. Bu balo bizning yurtimizni ham chetlab o‘tmadi. Albatta bu kasallikni yengib o‘tish uchun bizlardan avvalo sabr toqat va qat'iy intizom kerak bo‘ladi.
JIHODCHILIK HARAKATI HAQIDA TUSHUNCHALAR
“Jixod so‘zi" xarakat kilish ma'nosini anglatadi. Shar'iy istilohdagi ma'nosi esa, Alloh va uning rosulini buyruqlarini qilishga harakat qilish va qaytariqlaridan qaytishga harakat qilishga aytiladi, qolaversa doimo o‘z nafsini tarbiyalashga aytiladi.
ISLOM DINIDA VAQF TUSHUNCHASI
“Vaqf” so‘zi lug‘atda “tutib turish”,“to‘xtatish” ma'nolarini anglatadi. Shariatda esa bir molning aslini ushlab turib, foydasini Allohga qurbat hosil qilish uchun sarflashga aytiladi. Ya'ni, vaqf qilingan narsa vaqf qiluvchining mulkidan chiqadi va Allohning mulkiga aylanadi. Vaqf qilish orqali bir narsadan keladigan foydani vaqfdan foydalanuvchilar uchun sarf qilinadi va savobi vaqf qiluvchiga abadiy bo‘ladi. Mazkur narsaning o‘zi ushlab turiladi, undan keladigan foyda esa, bardavom bo‘lib turadi.Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi va meros bo‘lmaydi. Vaqf – Islomda mustahab bo‘lgan qurbat, ya'ni ibodatdir.
Ekstremistik va terrorchi guruhlar o‘z harakatlarini “shar'iy” deb isbotlash uchun o‘zlarini “mujtahid” deb e'lon qilishi to‘g‘rimi? (4-maqola)
Sunniylik mazhablarida mazkur masalada ijtihod eshiklari XIII asrda yopilgani hamda bugungi kunda mujtahidlik martabasiga erishish to‘g‘risida ikki hil fikr mavjud. Shunday bo‘lsa-da har qanday holatda ham biror-bir hukm chiqarish zarur bo‘lsa, avvalo mazhablar ta'limotiga tayaniladi, agar ularning birortasida masalaning yechimi topilmasa, musulmonlarga osonlik va qulay sharoit yaratish nuqtainazaridan fatvo berishga salohiyatli hamda vakolatli inson tomonidan fatvolar chiqarilishi mumkin.
Koronavirusga chalinib, undan tuzalgan kishining maslahatlari
«Kimlargadir kerak bo‘lib qolar, degan o‘yda kasallik tariximni yozib qo‘yyapman. Alloh hamma bemorlarga shifo bersin.
Ekstremistik va terrorchi guruhlar o‘z harakatlarini “shar'iy” deb isbotlash uchun o‘zlarini “mujtahid” deb e'lon qilishi to‘g‘rimi? (3-maqola)
Ushbu maqolaning birinchi sahifasida qayd etilganidek, so‘ngi yillarda ekstremistik va terrorchi guruhlar o‘z harakatlarini “shar'iy” deb isbotlash uchun o‘zlarini “mujtahid” deb e'lon qilib, turli manfaatlarni ko‘zlagan holda “fatvolar”ni chiqarib kelmoqdalar. Bu esa, bir tomondan, insonlarni adashib, noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketishlariga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, jamiyatda o‘zaro tushunmovchilik adovat kayfiyatining paydo bo‘lishiga zamin yaratmoqda.
Islom dinida bag‘rikenglik g‘oyalari (5-maqola)
Shu o‘rinda islom tarixida mashhur bo‘lgan bir voqeani keltirib o‘tish joiz. Damashq, Hums va Suriyaning boshqa shaharlari musulmonlar tomonidan fath etilgach, yerli aholidan ularni himoya va mudofaa etish evaziga soliq (jizya) olinadi. Rum imperatori Xiraql ular bilan hal qiluvchi jangda to‘qnashish uchun katta qo‘shin to‘playotganini eshitgan qo‘mondonlar fath etilgan shaharlarni tashlab chiqib, Rumga qarshi urushish uchun kuchlarni bir joyga to‘plash kerak, degan qarorga kelishadi. Xolid ibn Valid Hums ahlini, Abu Ubayda Damashq ahlini, boshqa qo‘mondonlar qolgan shaharlarning aholisini yig‘ib: «Biz sizlarni himoya va mudofaa qilamiz, deb mollaringizni olgan edik. Hozirda esa sizlarni himoya qilishga qodir emasmiz. Mana sizlar bergan mollar, qaytarib olinglar», deyishadi. Shaharlar aholisi: «Alloh sizlarga zafar ato etsin. Allohga qasamki, sizlarning hukm va adolatingiz Rumning jabr-zulmidan yaxshidir. Allohga qasamki, ular sizning o‘rningizda bo‘lishganida olgan narsalarini aslo qaytarib berishmagan bo‘lardi», deb javob berishadi.
FITNALARDAN SAQLANAYLIK
Fitna so‘zi arabcha so‘z bo‘lib sinov imtixon degan manolarni anglatadi, oltin va kumushlarni madandan ayirib tozalab olishga ham, fitna deyiladi insonning fitnadan salomat bo‘lishligi uning iymoni kufr va nifokdan salomat bo‘lganligiga dalolat qiladi. Eng katta fitna insonning dinida va iymonida fitnalanishidir. Keling, fitna xaqida kelgan ayrim oyat va hadislar bilan tanishaylik.
Yot g‘oyalarga aldanmaylik!
Alloh taolo bandalarini yaxshilik va taqvoda hamkorlik qilishga buyurib, gunoh ishlardan tiyilishga, adovatdan yiroq bo‘lishga chaqiradi. Afsuski, hozirgi kunda ba'zi kishilar, jumladan, yoshlar Internet tarmog‘i orqali islom haqidagi noto‘g‘ri, noxolis ma'lumotlarni, terrorchi guruhlarning manfaatiga mos xabarlarni yoyishda vositachi bo‘lib qolmoqdalar. Bu bilan ularning gunohlarida sherikka aylanmoqdalar. Alloh taolo Hujurot surasida marhamat qiladi: “Ey, mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz” (Hujurot surasi 6-oyat).




















