O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

KARANTIN QOIDALARIGA QAT'IY RIOYA QILING!

 
 

Alloh taolo o‘z hikmati bilan gohida insoniyat boshiga turli sinovlarni solib turadi. Tarixga nazar tashlasak o‘zoq o‘tmishda qanchadan qancha urushlar, tabiiy ofatlar, kasallig-u o‘latlar sodir bo‘lgan. Albatta bu narsalar insoniyat boshiga bir balo, sinov bo‘lib kelgan. Ayni paytda butun dunyoga katta tashvish solib turgan pandemiya ya'ni COVID- 19 karona virus yana bir sinov tariqasida insoniyat boshiga xafv solib turibdi. Bu balo bizning yurtimizni ham chetlab o‘tmadi. Albatta bu kasallikni yengib o‘tish uchun bizlardan avvalo sabr toqat va qat'iy intizom kerak bo‘ladi.

Mutaxassislar tamonidan aytilayotgan maslahatlar va ko‘rsatmalarga amal qilish lozim. Davlatimiz tamonidan e'lon qilingan karantin talablariga qat'iy rioya qilish lozim.

Mu'min musulmon kishi har bir holat, yaxshilik va yomonlik, qiyinchilik va farovonlik, ochlik va to‘qlik barcha barchasi Alloh taoloning bir sinovi ekanligiga imon keltiradi. Qur'oni karimda: “Sizlarni biroz xavf-xatar, ochlik bilan, molu jon va mevalar (hosili)ni kamaytirish yo‘li bilan sinagaymiz. (Shunday holatlarda) sabr qilavchilarga xushxabar bering!” deyiladi. (Baqara surasi, 155 oyat).

Demak har bir kishi shunday holatlarda Allohga tavvakkal qilishi, aytilgan tavsiyalarga amal qilishi, o‘zini, oilasini qolaversa yurtdoshlarini sog‘ligini, xafvsizligini o‘ylashi lozim. Shunday sinovli kunlarda bir birimizga nisbatan muruvvatni, saxovatni unutmaylik. Bir birimizni sabr toqatli bo‘lishga, tartibli va intizomli bo‘lishga undaylik. Goh gohida ayrim g‘alamis kishilar tamonidan tarqatilayotgan yolg‘on xabarlarga uchib, aldanib qolmang! Mutasaddilarimiz tamonidan berilayotgan ko‘rsatmalarga qat'iy rioya qilaylik. Zero, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam: “Kim menga itoat etsa, Allohga itoat etibdi. Kim menga osiy bo‘lsa, Allohga osiy bo‘libdi. Kim amirga itoat etsa, menga itoat etibdi. Kim amirga osiy bo‘lsa, menga osiy bo‘libdi”, deganlar.

Islom ulomolari “Musulmon, mohir, taqvodor tabibning xabari ila qilinadigan muolaja farzi ayn darajasigacha ko‘tariladi”, deydilar. Demak hozirgi kunda aytilayotgan ko‘rsatmalarga rioya qilish har birimizga vojibdir.

A.Yaqubov Ishtixon tuman bosh imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 15/07/2020 10:19;   Ko‘rilganligi: 1300
 
Material manzili: https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/karantin-qoidalariga-qatiy-rioya-qiling
Chop etilgan vaqti: 05/10/2024 12:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing