Долзарб мавзу

Baraka formulasi

Imon + taqvo = baraka

Baraka – yaxshilikning ziyoda bo‘lib, mo‘l-ko‘l bo‘lishi vahamisha davomli kelib turishidir. U faqat moddiy narsalargagina ta'alluqli emas. Baraka nimaga tushsa o‘sha narsaning yaxshiligi ko‘payadi.

 

Suhbatdoshga nisbatan odoblar

Alloh taolo insonlarga bergan ulug‘ ne'matlardan biri bu gaplashish, o‘zaro muloqot qilishdir. Muqaddas dinimizda mo‘min –musulmonlar bir –biriga nisbatan qanday muomala, odob va hurmatlari ko‘rsatib qo‘yilgan. Bir mo‘min ikkinchi mo‘minni ko‘rganda maqsadini aytishdan avval salom berishligi to‘g‘risida Jobir r.a dan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz (sav) “Salom kalomdan avvaldir” deb marhamat qilganlar. Kalomdan oldin salom berilishi suhbatdoshga nisbatan odob hisoblanadi.

 

TILNI TIYISH – OFIYATDIR

Nutq – Alloh taoloning insoniyatga bergan eng ulug‘ ne'matlaridan biridir. Boshqa ne'matlar qatori uni ham maqsadli, oqilona va foydali yo‘lda ishlatish talab etiladi. Chunki tilni, nutqni to‘g‘ri ishlatmaslik insonning dunyo-yu oxiratiga katta zarar yetkazadi.

 

Imom Buxoriyning ilmiy merosi qay darjada o‘rganilmoqda?

Qur'on – Alloh taoloning kalomi bo‘lib, insonlarga rahmat, shifo, hidoyatga boshlovchi ilohiy manba qilib tushirilgan. Hadis, sunnat esa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan asar bo‘lib qolgan gap, ish, taqrir, xalqiy (tana tuzilishi), axloqiy sifatlar va tarjimai holga tegishli ma'lumotlardir. Qur'oni karim bosh dastur sifatida umumiy holda amr qilgan ishlarning tafsilotini ham Sunnatdan topamiz. Demak, Sunnat islom shariatida Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Sunnat (hadis) ma'nosi Allohdan, lafzi Payg‘ambardan bo‘lgan vahiydir. Din-diyonat, shariat va boshqa ma'nolarda Payg‘ambar alayhissalom o‘z shaxsiy fikrlarini emas, Allohning vahiysini o‘z iborlari bilan taqdim etganlar va bu borada hech bir narsani o‘z havoyi nafslaridan gapirmaganlar.

 

Aqidaparastlik nima?

“Aqidaparastlik” (“aqida”-arabchada-“ishonch”, “biror narsana ikkinchisiga bog‘lash”) muayan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat'iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakillangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalarni tasir doirasini sun'iy kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi

 

CHAQIMCHILIK YOMON ILLAT!

Alloh taolo bashariyatni yaratar ekan uning uchun nima foydali-yu nima zarar ekanligini belgilab beradi. Bashariyatni ichida Rasullarni chiqarib, qonun qoidalarni yetkazdi va marhamat qilib aytdiki: "Sizga Rasul nima bersa, oling va Sizni u zot nimadan qaytarsa, qayting". Insoniyat qilishi kerak bo‘lgan amallar kabi qaytishi, tiyilishi kerak bo‘lgan amallar ham bor. Ana shunday amallardan insoniyat qaytishi, tiyilishi kerak bo‘lgan amallardan hisoblangan, oilalarni, jamiyatni buzib, parchalab yuboradigan amallardan biri chaqimchilikdir.

 

HAR QANDAY JINOYAT – GUNOH SANALADI.

“Gunoh” so‘zi forschada jinoyat, ayb kabi ma'nolarni anglatib, aslida arab tilidagi “Junoh – xiyonat, gunoh” so‘zining o‘zgartirilgan ko‘rinishidir. Islomda esa, shariat qonunlariga va diniy aqidalarga xilof e'tiqod, ish yoki harakatni bildiradi. Gunoh tushunchasi qadimda turli taqiqlarni buzuvchi, axloqsiz odamning harakati ma'nosida qo‘llanilgan.

 

Tinchlikning qadri

Tinchlik-xotirjamlik - eng ulug‘ ne'mat. Odatda, ne'matning qadrini uni yo‘qotganlar ko‘proq anglashadi.

 

El boshiga ish tushganda

Haqiqatdan ham bugun butun jahon xalqlari shu jumladan O‘zbekiston ahlining boshiga ish, sinov tushgan payt. Bu sinovdan har birimizning qanday o‘tishimiz, iymon e'tiqodimizga, elimiz, yurtimiz qolaversa oilamiz oldidagi mas'uliyatimiz va qilgan yaxshi yomon amallarimizga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

 

INSON –MUKARRAM ZOT

Inson eng afzal va eng sharafli maxluqdir, bu e'tiqodning haqligini sodiq xabar ham, sog‘lom aql ham tasdiqlaydi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing